Kimki jazo berishga ishqivoz bo‘lsa, unga hech qachon ishonmang! Nitshening “Zardusht”i tavallo qiladi...


Saqlash
17:10 / 20.10.2022 0 1133

Men uxlab qolibman, bir qo‘y kelib boshimdagi chirmovuqdan to‘qilgan chambarni yeb qo‘yibdi, yana buning ustiga yeb turib: “Zardo‘sht endi olim emas”, debdi. 

U shunday deb kekkayib tumshug‘ini ko‘targancha bir chekkaga o‘tib ketibdi. Menga buni bir bola aytib berdi. 

 

Men bolalar o‘ynab yuradigan shu yerda, qulab yotgan devor etagida, qushqo‘nmas va lolaqizg‘aldoqlar o‘sib yotgan joyda yotishni yaxshi ko‘raman. 

 

Men hali ham bolalar uchun va shuningdek, qushqo‘nmas va lolaqizg‘aldoqlar uchun olimman. Ular hatto achchiqlanganlarida ham ma’sum begunohdirlar.

 

Ammo qo‘ylar uchun men endi olim sanalmay qo‘ydim: peshonam shunday ekan – mayli, qutlug‘ bo‘lsin!

 

* * *

Vahshiylarga qaraganda odamlar orasida bo‘lish xatarliroq ekan.

 

* * *

...men aql bovar qilmas ishni istayman: men o‘z g‘ururimni o‘z donoligim bilan birga bo‘lishini istayman doim!

 

* * *

Chindan ham, agarda hayotning ma’nosi bo‘lmaganda edi va men bema’nilikni tanlashga majbur bo‘lganimda edi, unda xuddi mana shu bema’nilik tanlab olish uchun eng loyiq narsa bo‘lib ko‘ringan bo‘lardi.

 

* * *

Kimda-kim eng yuksak tog‘larga ko‘tarila olsa, u sahna va hayotning har qanday fojiasi ustidan kula biladi.

 

* * *

Siz menga aytasiz: hayotni ko‘tarish qiyin. Lekin unda sizning ertalab turgandagi g‘ayratingiz va kech kirgan chog‘dagi taslimingizdan na ma’ni qolur?

 

* * *

Rost, biz hayotni sevamiz. Lekin hayotga emas, sevgiga odatlanib qolganimiz uchun uni sevamiz.

Sevgida doim andakkina telbalik bor. Lekin telbalikda ham doim andakkina ahillik bor.

 

* * *

Men yurishni o‘rgandim: shundan beri o‘zimni chopishga shay tutaman. Men uchishni o‘rgandim: shundan beri o‘rnimdan qo‘zg‘alish uchun birovning turtishini kutib o‘tirmayman.

 

* * *

Sen o‘z do‘stingni uxlab yotganda ko‘rganmisan, uning qandayligini bilganmisan? Do‘stingning yuzi o‘zi nimadir? U notamom, dag‘al oyna yuzidagi sening o‘z aksingdir.

 

* * *

Erkak ayol sevgisidan qo‘rqsin. – Zotan, u har qanday qurbonlikka tayyor va har qanday boshqa narsa uning uchun arzimas.

 

* * *

Lekin eng yomoni mayda gaplar. Mayda gap qilgandan ko‘ra yovuzlikning o‘zini qilib qo‘ya qolgan afzal!

 

* * *

O‘z yuragingni jilovlab turishing kerak; uni bo‘sh qo‘yib yuborsang, xash-pash deguncha boshingni yo‘qotib qo‘yasan!

 

* * *

Ota indamay kelgan narsalar o‘g‘ilda tilga kiradi; men ko‘pincha o‘g‘ilda otaning siri oshkor bo‘lganini ko‘rdim.

 

* * *

...kimki jazo berishga ishqivoz bo‘lsa, unga hech qachon ishonmang!

 

* * *

Ko‘rning ko‘rligi va uning paypaslab qidirishi – u tikilib qaragan quyoshning qudratidan darak beradi...

 

* * *

Yuksaklar emas: qiyalik eng dahshatli narsa!

...Qiyalik shuning uchun menga xatarliki, nigohim yuksaklarga intiladi, qo‘lim esa teranlikni tutish va unga suyanishni xohlab turadi! 

 

* * *

Bir marta ham o‘yinga tushmagan kunimiz biz uchun tamom yo‘qolgan kun bo‘lgay! Kulgisi bo‘lmagan har qanday haqiqatni mayli, biz yolg‘on deb ataylik!

 

* * *

Barcha mukammal narsalar umidga o‘rgatadi. 

 

* * *

Isitmaning yo‘qligi bu hali bilim emas. Qotib qolgan aqllarga men ishonmayman. Yolg‘onchilik qilolmaydigan kishi haqiqat nima ekanligini bilmaydi.

 

Bekzod SAYFIYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1256
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 237
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 253
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 192
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 210
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223152
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106745
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48744
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36970
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35356
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29627
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28537
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28436
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//