Sen o‘zgarasan, sen bilan birga tashqi olam ham o‘zgaradi: Kobo Abe “Quti-odam”ining nuqtai nazari


Saqlash
20:10 / 17.10.2022 0 1400

Agar odam yarim kechada ko‘zoynak taqsa yoki yuzini niqob ostiga yashirsa, bilki, ko‘nglida biror yomon o‘yi bor yoki azbaroyi o‘zi qo‘rqqanidan shunday qiladi – buni boshqacha izohlab bo‘lmaydi.

 

* * *

O‘zi shunaqa bo‘ladi: yo‘l chekkasidagi yaltiroq narsani ko‘rib, beixtiyor to‘xtaysan... Siniq shisha parchasi bir chaqaga ham arzimasligini fahmlab turasan, ammo baribir, shishaga tushib jilvalangan nur unga hayratomuz bir joziba baxsh etadi.

 

* * *

Tabiiyki, umidim yo‘q emas, ammo bu shu qadar tutqich bermas umidki, uni har qanday eng sezgir analizator ham payqay olmaydi.

 

* * *

Yangi personaj paydo bo‘lishi munosabati bilan taxminlar o‘zgaradi.

 

* * *

Mabodo vaqt to‘xtasa, tabiiyki, sabab-oqibat munosabatlari buziladi, ana o‘shanda, sen hech qanday jazodan qo‘rqmay, eng behayo xatti-harakatlar qilishing mumkin.

 

* * *

Uyquning o‘zi qiyin emas, uyg‘onish qiyin. Rostakam baliq vaqtni qanday his qiladi – noma’lum, biroq tushida baliq bo‘lganlar uchun vaqt o‘ngdagiga nisbatan butunlay boshqacha harakat qiladi. Vaqt harakati tezligi keskin kamayadi – oddiy soniyalar kunlarga, haftalarga aylangandek bo‘lib tuyuladi.

 

* * *

O‘zing qiziqqan narsani toki qo‘ling bilan ushlab ko‘rmas ekansan, ko‘ngling joyiga tushmaydi.

 

* * *

Men baliq yiqilganini hech qachon eshitmaganman. Hatto o‘lgan baliq ham suv yuzida suzib yuradi. Osmonda uchib yurgan havo shariga qaraganda, baliqning yiqilishi qiyinroq. Baliqlar uchun yiqilish – aksilyiqilishdir.

Aksilyiqilish...

Ha, bunday usul ham bo‘lishi mumkin. Bu – pastga yiqilish emas, aksincha, osmonga yiqilish, havoga cho‘kish demakdir.

 

* * *

 Har bir odam manzaradan o‘ziga kerakli narsalarni tanlab oladi va faqat o‘shalarnigina ko‘radi. Misol uchun, avtobus bekatini juda yaxshi tasavvur qilgan holda, uning shundoq yonginasida o‘sib turgan bir necha majnuntolni xayolga ham keltirmaslik mumkin.

 

* * *

Mabodo u yoki bu narsadan kun bo‘yi kamida uch marta foydalanmas ekansan, hech achinib o‘tirmay, undan voz kechish lozim.

 

* * *

...dunyo qaynayotgan qozonni eslatadi. Bir soniya g‘aflatda qoldingmi – tamom, qarabsanki, hatto yer kurrasining shakli ham o‘zgarib ketgan bo‘ladi.

 

* * *

Sen o‘zgarasan, sen bilan birga tashqi olam ham o‘zgaradi – boshqa hech qanday o‘zgarishlar mavjud emas. Bu o‘zgarishlar shu qadar ulkanki, eng shov-shuv ko‘taradigan yangiliklar ham ularning oldida ip esholmay qoladi.

 

* * *

Odam yangiliklarni faqat ko‘nglini tinchitish uchungina eshitadi. Larzaga soladigan qanday yangilikni xabar qilmasinlar, agar odam uni eshitayotgan bo‘lsa, demak, u tirik – mana, gap nimada. Dunyoning tugaganidan darak beruvchi so‘nggi yangilik – chinakam dahshatga soladigan yangilikdir. Uni eshitadigan holatda bo‘lish – har bir odamning muqaddas orzusi.

 

* * *

Albatta, bitta men xunuk emasman – to‘qson to‘qqiz foiz odamda qusur bor... Odamlar tevarak-atrofdagilarning ko‘rish qobiliyati yaxshi emasligiga va ko‘pincha chalg‘ib ko‘rishlariga umid bog‘laganlari uchun ham ularning nigohlariga toqat qilib yashashga ko‘nikib ketganlar.

 

* * *

Avvalo, tevarak-atrofdagi nigohlardan g‘ayritabiiy ta’sirlanish – o‘z hayotingni murakkablashtirish demakdir.

 

* * *

Nigohlar so‘zlashuvi – xarob bo‘lish jarayonida vujudga keladigan eng mukammal hodisalardan biridir.

 

Bekzod SAYFIYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1256
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 237
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 253
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 192
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 210
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223152
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106745
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48744
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 36970
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35356
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29627
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28537
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28436
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//