Mashhur yozuvchilarning stolidagi kitoblar


Saqlash
11:08 / 29.08.2022 0 1024

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, dunyoga dong‘i ketgan yozuvchilarning o‘zi kimning qaysi kitobini sevib mutolaa qilgan? Masalan, Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo”ni yozayotganida qaysi asarni o‘qiyotgandi? Yohud Tolstoy Yasnaya Polyanada tushlikdan keyin qaysi kitobni mutolaa qilgan? Xemingueyning adabiyotga qarashlarini butkul o‘zgartirib yuborgan kitob qaysi edi? Bu sizga qiziq bo‘lsa, mazkur maqolada sizga shunday ma’lumotlarning bir nechtasini taqdim etamiz.

 

Lev Tolstoy 

 

Lev Tolstoy Viktor Gyugoning ijodiga yuksak baho berar va juda qadrlardi. Fransuz yozuvchisining “Xo‘rlanganlar” asarini esa alohida yaxshi ko‘rardi. O‘quvchi diqqat bilan bu asarni o‘qigan bo‘lsa “Urush va tinchlik” asaridagi kibor insonlar tasvirida muayyan o‘xshashliklarni topa oladi. Tolstoy bu adib haqida shunday degandi: “Viktor Gyugo ulkan quvvatga ega yozuvchi... Haqiqatdan ham, uning barcha yozganlari uydirma, biroq men baribir uni yaxshi ko‘raman, uning o‘ziga xos ruhini yaxshi ko‘raman”.

 

Fyodor Dostoyevskiy 

 

Dostoyevskiyning ta’kidlashicha, Servantesning aynan “Don Kixot” asari uning ijodiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Adabiyot muhibi bu qarashdan hayratga tushishi tabiiy. Satira va kinoyaga to‘la Servantes pessimist va g‘amgin Dostoyevskiyni qanday ta’sirlantirishi mumkin? Javob juda oddiy. Ya’ni Don Kixot har doim qahramonlik orzusi bilan yashagan, ruhan baquvvat va o‘ta irodali bir odamning obrazidir. Yozuvchi bu obrazga havas qilgan.

 

Ernest Xeminguey 

 

Bir qarashda bu ikki yozuvchi orasida bo‘lgan yaqinlik o‘quvchiga hayratomuz ko‘rinishi mumkin. Tolstoyning “Urush va tinchlik” asari Xemingueyni ijtimoiy muammmolarga qarshi bo‘lgan juda qattiq va beshafqat xarakteri bilan lol qoldiradi. Shu jihatdan ularning dunyoqarashlari bir-biriga mos tushgan. Xeminguey mutolaa jarayonini boksga mengzab shunday degandi: “Men avvalboshda ehtiyotkorlik bilan janob Turgenevni qulatdim. Keyin esa ko‘p qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da, janob Mopassan ustidan g‘olib keldim. Janob Stendal bilan ilk jangimiz “0:0” bilan tugadi. Unga so‘nggi raundda yaxshigina zarbalar bergan esamda, baribir... Biroq hech qachon, hech narsa meni Tolstoy bilan ringga chiqishga majbur qilolmaydi”.

 

Sergey Dovlatov 

 

Hayotining ko‘p qismi xorijda kechgan Sergey Dovlatovning asarlari bugun asosan yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilinadi. Yozuvchining asarlarida murakkablik yo‘q. Uning yozganlarida bo‘y ko‘rsatgan yumor va ochiqlik qanchalik sodda va ravon bo‘lsa ham, baribir o‘ziga xos edi. Dovlatov butun umri davomida o‘ziga Anton Chexovning ijodini o‘rnak bilgan. U yaratgan qahramonlarning real va qiziqarli chiqishida Chexovning qissa va hikoyalari katta ta’sir o‘tkazgan.

 

Stiven King 

 

Zamondoshimiz, AQSHlik yozuvchi Stiven King esa Goldingning “Pashshalar hukmdori” asarini hamisha alohida qadrlaydi. Hatto ba’zi asarlarida bu romandan iqtiboslar ham keltirgan. Yozuvchi ko‘pgina suhbatlarda “Pashshalar hukmdori” kabi bir roman yozish orzusida ekanini aytib o‘tadi.

 

Rahmat Bobojon tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qomus

12:16 / 22.09.2023 0 69
Okkultizm

Qomus

12:01 / 22.09.2023 0 39
Oilaviy nizo

Qomus

11:54 / 22.09.2023 0 44
Oilaviy muhit

Qomus

11:26 / 22.09.2023 0 45
Oilaviy anʼanalar

Qomus

11:04 / 22.09.2023 0 22
Oila axloqi. Oilaviy tarbiya

Qomus

12:41 / 19.09.2023 0 113
Oila



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

20:36 / 07.12.2021 138 191905
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

20:05 / 02.12.2021 87 87626
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

11:57 / 29.12.2021 3 9980
Kompetentlik

Qomus

10:58 / 28.12.2021 4 8653
Manqurt(lik)

Bilasizmi?

11:46 / 11.10.2021 3 6203
Kashtachilik san’ati tarixi haqida bilasizmi?

Bilasizmi?

11:54 / 08.11.2021 1 5955
Eng ko‘p uchraydigan 10 ta fobiya

Hikmat

10:22 / 21.10.2021 0 4785
Til – dil kaliti