Haqiqiy boylik


Saqlash
15:08 / 29.08.2022 0 1758

Badavlat ota o‘g‘lini dunyoda kambag‘al kishilarning borligini ko‘rib ibratlansin, degan o‘yda mamlakatning chekka qishloqlari bo‘ylab sayohatga olib chiqdi. Ular o‘ta qashshoq bir oilaning dalasida kechani o‘tkazdilar.

 

Safardan qaytishlari asnosida ota o‘g‘lidan so‘radi:

 

– Sayohat qanday bo‘ldi?

 

– Ajoyib!

 

– Ko‘rdingmi, qanday qashshoq odamlar bor-a?! – so‘radi ota.

 

– Ha…

 

– Xo‘sh, bu safardan nimalarni o‘rganding?

 

– Ko‘rdimki, bizning atigi bitta itimiz bor ekan, ularda esa to‘rtta! Bizdagi bog‘ning o‘rtasida bittagina basseyn bor, ularda esa adog‘i yo‘q buloq! Biz bog‘imizga chiroqlar qo‘ydirganmiz, ularda bu vazifani millionlab yulduzlar bajaradi. Bizning hovliga tutashgan peshayvonimiz bor, ularda esa butun boshli ufq. Bizda yashash uchun bir parchagina yer bor, ularda esa biz his qila olmaydigan darajada keng dalalar. Bizga xizmat qilishadi, ular o‘zgalarga xizmat ko‘rsatishadi. Biz yeguliklarni sotib olamiz, ular esa o‘stiradilar. Biz bor-budimizni asrash uchun devorlar qurganmiz, ularning esa himoyalaydigan do‘stlari bor ekan…

 

Bu so‘zlarni eshitgan ota jimib qoldi. Shunda o‘g‘il yana qo‘shib qo‘ydi:

 

– Otajon, qanchalik qashshoqligimizni ko‘rsatganingiz uchun sizga tashakkur.

 

Muslim Buxoriy tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39415
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38670
“Avesto”

//