Tinchlik


Saqlash
17:08 / 21.08.2022 0 1464

Kuz yarimlagan. Tong sahardan  hovlida qo‘ni-qo‘shni, bir-ikki yaqin qarindoshlarning qorasi ko‘rindi. Fotiha tortilgan so‘ng, birpasda ikki singil yig‘i-sig‘i qilishga tushdi.

 

– Onasi, bolalar senga omonat, tez qaytaman, – ro‘moli uchini tishlab piqillagancha bir chetda turgan xotinini Omon tinchlantirgan bo‘ldi.

 

– Dadajon, qachon kelasiz? – qizaloq uzun kipriklari orasida chaqnagan ko‘zlarini unga tikdi. Otasi Robiyani yerdan dast ko‘tardi, qiqirlatib odatdagiday chir aylantirdi, qaroqlaridan o‘pib, boshini siladi.

 

– Ukang “dada” deyishi bilan qaytaman, – beshikda beg‘am tamshanib yotgan chaqaloq tepasiga keldi-yu, uyg‘onib ketmasin deb ovozini pastlatdi.

  

Orada urush tugadi. Ungacha ukasining tili ham chiqib, birinchi aytgan so‘zi “dada” bo‘ldi. Lekin bir-ikki xat-xabardan so‘ng Omondan darak umuman chiqmadi. Qizaloqning yodida o‘sha kungi  otasining g‘amboda ko‘zlari va hazin ovozi butun umrga muhrlanib qoldi.

 

***

 

– Oyijon, yordamlashib yuborasiz, a? – tanish ovozdan ayol o‘ziga keldi.

 

– Ha-da, “Tinchlik” haqida  yozishimiz kerak edimi? – yonoqlariga sizib tushgan yoshlarni tezda sidirdi. Omonni bag‘riga mahkam bosib, ko‘nglini bo‘shatgan bo‘ldi.

 

Maxzuna MAMAJONOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 246
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 242
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 597
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 354
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 528
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232983
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112760
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65391
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55228
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49590
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39118
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38217
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36926
“Avesto”

//