Onam rasmga tushib qoʻyaylik, yaqinda men oʻlaman degan edilar – Oʻtkir Hoshimovning armoni


Saqlash
16:08 / 05.08.2022 0 1631

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov haqidagi “Hayot davom etadi” koʻrsatuvi 2006-yili tasvirga olingan, biroq adib taqiqqa uchragani bois efirga uzatilmagan. Oyina.uz jurnalist Dilshoda Matchonova shaxsiy arxivida saqlanib qolgan koʻrsatuvdan iqtiboslarni eʼtiboringizga havola etmoqda.

 

“Alloh kimningdir zuvalasini kattaroq, boshqa birovnikini kichikroq yaratadi, deyishadi. Shuning uchun birovning borligiga hasad emas, havas qilish kerak. Lekin, shu bilan birga, mening qismatim shu ekan, harakat qilmasam ham boʻladi, deb yurish ham notoʻgʻri”.

 

“Alisher Navoiy vaqti kelsa Husayn Boyqaroga qarz berib turgan, Lev Tolstoy graf boʻlgan. Shekspir hayotining koʻp qismi darbadarlikda kechgan, oʻlgudek qashshoq boʻlgan Servantes dunyoga mashhur “Don Kixot” asarini qamoqxonada yozgan. Bu isteʼdod boyga ham, kambagʻalga ham berilishi mumkin degani. Shuning uchun odamlarni tabaqasiga qarab, boylarga alohida ehtirom koʻrsatib, kambagʻalga hurmatsizlik bilan qarash bu – nodonlik”.

 

“Tuygʻuda, ayniqsa, maʼnaviyatda bozorlashish degan tushunchaga qoʻshilmayman. Bozorning yumushi, olish-sotish, sotish-olish. Shuning uchun ham bozor shaytonning ayvoni, deyiladi. Shunday boʻlgach, siz menga ayting, quyosh nuri necha pul turadi, uni metrlab sotish kerakmi yo kilolab? Vijdonning bahosi necha pul turadi, nomusning-chi?

 

Bozor va maʼnaviyat degan tushuncha bitta koʻchadan yurishi judayam qiyin. Garchand bozorning ham maʼnaviyati bor va boʻlishi kerak boʻlsa-da. Sal xayoli parishon odamman, xarid qilayotib, besh yuz-olti yuz soʻm ortiq bervorsam, “Toʻxtang-toʻxtang, surib ketadi” deb (qaytarib beradigan) odamlar bor. Lekin yaxlit olganda, faqat moddiylikning ketidan quvib ketish, maʼnaviyatning zinasini qoldirib ketishga oʻxsharmikin, deb oʻylayman”.

 

“Bir umr oʻzimni kechira olmaydigan ishlarim bor. Bir kuni ertalab ishga shoshib ketayotganimda oyim “Shoshmay tur”, dedilar. “Nima deysiz”, deb soʻrasam, “Suratga tushib qoʻyaylik”, dedilar. “Xoʻp, hozir shoshayotgandim, keyinroq tushaylik”, desam, “Tezroq boʻlsa, yaxshi edi”, dedilar yana. “Nega buncha shoshilyapsiz”, dedim kulib. “Yaqinda men oʻlaman”, dedi onam, xuddi qoʻshninikiga chiqib kelaman, degandek oddiy ohangda. Bu gap kulgili tuyuldi menga. Oʻzi shunaqa atrofimizdagi odamlar goʻyo doim yashaydigandek tuyuladi hammamizga. Indamay chiqib ketdim. Bir haftadan soʻng onam vafot etib qoldi...”

 

“Shunaqa yashash kerakki, birovga tili qisiq, moddiy va maʼnaviy jihatdan qaram boʻlmasdan, qachondir birovga ozor yetkazgani uchun uyaladigan boʻlmasdan, iymonli boʻlib. Har bir odam bolasining koʻnglining tubida bir nur bor. Faqat uni kimdir roʻyobga chiqara oladim, birov yoʻq. Birov yengilroq yoʻldan ketadi, birov qiyinroq boʻlsayam, shu nur taʼsirini yoʻqotmasligiga harakat qiladi”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 275
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 260
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 612
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 357
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 534
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233033
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112790
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65463
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55306
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49668
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39133
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38239
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37037
“Avesto”

//