Karvon yo‘lida


Saqlash
21:06 / 22.06.2022 0 3906

Ibn Sino podshohlar ta’qibidan qochib yurgan vaqtlarida o‘zini tanitmaslik uchun “Men musiqachi, bastakorman”, deb bir karvonga qo‘shilib oldi. U yo‘lda, ot ustida ham yozadigan asarlari haqida o‘ylab borardi. Ammo karvon ahli, ko‘pchiligi savdogarlar gap talashib, qiy-chuv qilib, alloma o‘ylashiga halaqit berar edilar. Ibn Sino bu mushkulning ham ilojini topdi.

 

U kechasi karvon ahli uxlab yotganida tuyalarning bo‘ynidagi zangula-qo‘ng‘iroqlarning o‘rinlarini almashtirib, o‘zgacha bir sado chiqadigan qilib qo‘ydi. Erta tongda karvon yo‘lga tushganida qo‘ng‘iroq shunday bir maromda sado chiqardiki, odamlar yana uxlab qoldilar. Shu kuni Ibn Sino ancha orom topdi. Yana kech bo‘ldi. Karvon bir joyda to‘xtadi. Odamlar ozroq taom yeb yana uyquga ketdi.

 

Ibn Sino karvon tuyalarining qo‘ng‘iroqlarini yana o‘rinlarini almashtirib, boshqacha ohangga soldi. Ertasiga karvon yo‘lga tushganida qo‘ng‘iroqlar shunday sado chiqardilarki, odamlar kula boshladilar.

 

Uchinchi kecha Abu Ali karvon ahli uxlab yotganida qo‘ng‘iroqlarini yana o‘zgacha joylashtirdi. Tongda karvon yo‘lga tushganida qo‘ng‘iroqlar shunday qayg‘uli sado chiqardilarki, odamlar yig‘lay boshladilar.

 

To‘rtinchi kecha Abu Ali qo‘ng‘iroqlar tartibini yana o‘zgartirayotganida karvon ahli bu ishlarni kim qilayotganini bilib qoldilar va allomaga izzat-hurmat ko‘rsatib, biz endi yo‘lda jim yuramiz, o‘ylaringizga xalaqit bermaymiz, dedilar.

 

Muhammad Ibn Sulaymonning

“Qissatu-l-ulamo” asaridan

Mahkam Mahmud tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 110
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 469
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 251
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 427
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 840
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232385
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112310
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64598
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54477
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49111
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38914
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37802
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36246
“Avesto”

//