O‘zingni maktab deb bil


Saqlash
19:06 / 02.06.2022 0 1493

 

Afsonaviy jang san’ati ustasi Bryus Li aktyor, rejissyor, yozuvchi va o‘qituvchi sifatida hayotda ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan. U o‘z falsafasidan kelib chiqib quyidagi hayot haqiqatlarini yozib qoldirgan. 

 

Har doim o‘zing bo‘l. O‘zingni ifoda et, o‘zingga ishon. Tashqariga chiqma va muvaffaqiyatli shaxsni qidirma. Uni takrorlama.

 

Kechirimli bo‘l. Xatolar har doim kechiriladi, agar kimdir ularni tan olishga jur’at etsa.

 

Ijobiy fikr yurit. Hech qachon tashvish yoki salbiy fikrlarga quvvat sarflama, barcha muammolar senga ta’sir qiladi, ularni tashlab yubor.

 

Shunchaki bajar. Agar biror narsa haqida o‘ylashga ko‘p vaqt sarflasang, uni hech qachon uddalay olmaysan.

 

Takrorlashda davomli bo‘l. Men 10000 ta zarbani biladigan odamdan qo‘rqmayman, lekin bitta zarbani 10000 marta mashq qilgan odamdan qo‘rqaman.

 

O‘zingni maktab deb bil. O‘rganishdan hech qachon to‘xtamaslik kerak, uning boshlanishi ham, oxiri ham yo‘q. Lekin ta’lim olishda diqqatli bo‘l. Foydalisini ol, foydasizini rad et va o‘zingga tegishli narsalarni qo‘sh.

 

Mag‘lubiyatni rad et. Mag‘lubiyat – ruhiy holat. Mag‘lubiyat haqiqat sifatida qabul qilinmaguncha hech kim hech qachon mag‘lub bo‘lmaydi.

 

Yo‘nalish ol. Maqsad har doim ham erishish uchun emas. Bu ko‘pincha oldinga harakat qilish uchun yo‘nalish, xolos.

 

Suvdek bo‘l. Sen suvdek shaklsiz bo‘lishing kerak. Bir stakanga suv quysang, u stakanga aylanadi. Shishaga suv quysang, u shishaga aylanadi. Suv oqizishi va qulatishi mumkin. Suvdek bo‘l, do‘stim!

 

         Abdurasul TOG`AYEV,

O‘ZDJTU Media va kommunikasiya fakulteti talabasi

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 110
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 469
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 251
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 427
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 840
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232385
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112310
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64598
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54477
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49111
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38914
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37802
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36246
“Avesto”

//