O‘zrus tilini razvivat qilaylik!


Saqlash
19:05 / 25.05.2022 0 1733

Xolodilnikni ochib qarasam, zelen tugab qolibdi. Srochno bozorga ketdim. Bozorda prodaveslarning shumi (shumtaka emas shovqini –O‘.B.) hammayoqni tutib ketgan. “Kep qoling svejiy smetanaga”, “Issiq lepyoshkalardan opketing!”, “Kapustaning asali bizda!”.

 

Prilavkalarni aylanib yursam, setka ko‘tarib sosedim yuribdi.

 

– Qalaysiz, sosed? – so‘rashdim men.

 

– Nishtyak, bratan, – javob berdi sosed, – shu, ozgina produkta opketay, deb keluvdim. Pochti hamma narsani olib bo‘ldim, tolko chesnok bilan peres qoldi.

 

Kechqurun televizorda “Novaya jertva”ni ko‘rib o‘tirsam, eshikning zvonogi chalinib qoldi. Ochsam, sosed ekan. “Bir zvonit qivosam” deb prosit qildi. “Pojaluysta” dedim. Sosed telefonni olib gaplasha boshladi. “Allo, privet, Sarimsoq akam bormilar?.. Yo‘qmi?.. A kogda budet?.. Xorosho. Poka”.

 

Gaplarini eshitib, bir narsaga vrubitsya qilolmadim. O‘zidan so‘radim.

 

– Nega “Sarimsoq aka” dedingiz, “sarimsoq” – “chesnok” degani-ku? “Chesnok aka” desangiz, to‘g‘ri bo‘ladi.

 

– Deystvitelno, – dedi vdumchivo sosed, – bunga voobshe vnimaniye obrashat qilmagan ekanman. “Dom Sovet”iz yaxshi ishlaydi-da, bratan.

 

Sosed chiqib ketdi. “Dom Sovet”im operativno paxat qilib ketdi. O‘zim nauchno-issledovatelskiy institutda starshiy nauchniy sotrudnik bo‘lib ishlayman. “Evrika!” dedim o‘zimga-o‘zim va bir list bilan ruchkani olib yoza boshladim.

 

“O‘zrus tilining poyavleniyesi va razvitiyesi” (nauchniy ish) “O‘zrus tili planetamizdagi noveyshiy tillardan bo‘lib, tyurkskaya yazikovaya gruppadagi o‘zbek tili va slavyanskaya yazikovaya gruppadagi rus tilining soyedineniyesidan paydo bo‘lgan. Bu tilda so‘zlashuvchi milliondan ortiq naseleniye v osnovnom, stolisamizda va ba’zi krupniy promishlenniy sentrlarimizda yashaydi.

 

O‘zrus tili va 60-yillardan zachatka bera boshlagan bo‘lib, prosvetaniyesi 70-80 yillarga to‘g‘ri keladi”.

 

Rabochaya komnatamga stuksiz kirgan xotinim xayolimni perebivat qilib yubordi va avtomatniy ocheredga o‘xshab tarillab ketdi.

 

– Dadajonisi, bugun ertalab ostanovkada marshrutkaga chiqaman deb bir shag bosgan edim, yo‘l skolzskiy ekan, yiqilib tushdim. Vezde lyod, predstavlyayesh? Ishga borish neoxota bo‘lib turuvdi. “Poyasnisam og‘riyapti” deb bahona qilib poliklinikamizga bordim. Doktor naznacheniye yozib berdi. “Bolnichniy yozib bering” desam, “pyat baksov bo‘ladi” dedi. Unaqa krupniy summa koshelyogimda yo‘q edi, ambulatorniy lecheniye olaveraman, dedim.

 

– Nu chto eto takoye? – nervnichatsya qildim men. – Bu yerda seryozniy nauchnaya rabota ustida o‘tiribman. Sen bo‘lsang perebivat qilasan.

 

Rabochiy stolimga o‘tirib “chyort poberi” dedim-da, kelgan joyimdan prodoljit qilib, yoza boshladim:

 

“O‘zrus tilida so‘zlashuvchi naseleniyeni v osnovnom o‘zbeklar tashkil qiladi. Mejnasionalniye otnosheniyani razvivat qilishda bu tilning vajnoye znacheniyesi bor, eto nesomnenno.

 

Politicheskiy znacheniyesi esa juda katta. O‘zbekistonning russkoyazichniy naseleniyesi gosyazikni o‘rganishga toropitsya qilmayapti, potomu chto o‘zbekchani o‘rganish nelegko. Tem boleye, bunga neobxodimost yo‘q.

 

V svyazi s etim, men shunday predlojeniye kiritmoqchiman. O‘zrus tilining nastoyaiy znacheniyesini priznat qilib, uni ham gosyazik deb e’lon qilinsin. Vot togda o‘zruschani o‘rganish oson bo‘ladi. Bu esa v buduyem rus tilini ham gos yazik deb obyavit qilishda perexodnoy most vazifasini o‘taydi.

 

Kelajagimiz bo‘lgan ko‘plab molodyojlarni zagranisaga o‘qishga jo‘natyapmiz. Ularning orasida gosyazikni bilmaydiganlar ham bor. O‘qishni bitirib kelishgach, ulardan vigodnoy foydalanish uchun gosyazikni ko‘paytirishimiz kerak.

 

Krome togo, o‘zbekchaga ruschani aralashtirmay gapirish nevozmojno bo‘lganligi uchun o‘zbekchani yaxshi bilmagan o‘zbek grajdanlarimizni uprekat qilishlariga polojit kones mumkin bo‘lardi. Nu, naprimer, “o‘g‘it”ni “mineralnoye udoreniye” degani uchun jitellarimiz preduprejdat qilinmasdi. Samoye glavnoye, ba’zi rukovoditellarimiz svobodno nafas olishardi.

 

Vposledstviyem, Sovmin qoshidagi til masalalari bilan shug‘ullanuvchi doimiy komissiya o‘ziga o‘zi otvechat qila olmaganligi uchun ularni uprazdnit qilish haqida prikaz izdat qilish mumkin. Ularni obespechit qilish, zarplata berish uchun izrasxododovat qilinadigan sredstvalarni esa o‘zrus tilini razvivat qilishga perepaspredelit qilinsa, shikarniy ish bo‘lardi.

 

Qarasam, nauchnaya statyam prilichniy gazetniy statya bo‘p qopti. “Qaysi gazetaga bersam ekan”, deb vdumatsya qilib qoldim. Ruscha izdaniyelarga bersam, ularni o‘qiydigan russkoyazichnoye naseleniye o‘zrus tilini yaxshi tushunmasligi va statyaning sutiga (moloko emas, mohiyat – O‘. B.) vnikat qila olmasligi mumkin.

 

O‘zbekcha izdaniyelarning pochti hammasida “sendan men zo‘r” degan shtatniy sotrudniklar bor, statyaning aktualnosti unga kopeyka – chiqartirmaydi.

 

O‘ylab-o‘ylab, “Nezavisimaya gazeta”ga berishga reshit qildim. A potom, o‘zrus tilining povsednevniy jiznda, televideniyeda suщyestvovat qilishini hech kim inkor qila olmaydi-ku!? Ne tak li?

 

Davayte, statyada aytilgan predlojeniyelarni podderjat qilaylik. Agar bu statyani yaxshi tushuna olmagan bo‘lsangiz, o‘zbekcha va ruscha izdaniyelarda perevodini chiqartirishga harakat qilaman.

 

O‘tmas Boshqon,

1997-yil, 31-yanvar,

Toshkent shahri,

“Hurriyat” gezetasi, 5-son,

1997-yil 5-fevral

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 84
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 195
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 506
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 925
“Birpas”mi, “ikkipas”?..

Qatra

18:10 / 30.10.2024 0 239
“Yashashga shoshilaman”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218646
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104445
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33522
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27231
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26186
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24689
Alpomish

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 24685
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21601
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//