Madh etilgan o‘q


Saqlash
01:05 / 16.05.2022 0 1574

Rivoyat qilishlaricha, saljuqiy hukmdor sulton Sanjarning saroyida Muiziy degan shoir bo‘lar ekan. U hukmdorning o‘tirib-turishi, yegan taomi, kiygan libosigacha madh qilib yurarkan.

 

Bir kuni sulton a’yonlari safida Muiziyni ham ovga olib ketibdi. Shikor vaqti hukmdor kiyikni otaman deb Muiziyni otib qo‘yibdi. Jarohatlangan shoirni ko‘tarib saroyga olib kelishibdi. O‘q o‘z hunarini ko‘rsatibdi. O‘lim to‘shagida yotganini his etgan Muiziy shohni chaqirishlarini so‘rabdi.

 

Sulton Sanjar “O‘ladigan bo‘lsa, holidan xabar olganim bo‘lsin” debdi. Hukmdor  yoniga kelishi bilan maddoh shoir sulton otgan o‘qni madh etib, ash’or o‘qibdi va joni uzilibdi.

 

O‘sha so‘nggi she’r mazmuni bunday ekan: “Siz otgan o‘q shunday chiroyli uchdiki, unga mahliyo bo‘ldim, o‘qingiz unga ko‘ngil berganimni sezdi shekilli, mening ko‘ksimdan joy oldi”.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39415
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38670
“Avesto”

//