“Qisqa hikoyalar” tanlovida g‘olib deb topilgan ijodiy ishlar


Saqlash
17:05 / 10.05.2022 0 1548

 

Yoziq

(1-o‘rin)

 

Askar qabridagi yozuv:  “Men otamdan oldin o‘lganman...”

 

Qo‘chqor Norqobil

 

 

Og‘riqli xotira

(2-o‘rin)

 

Ziyrak besh kundan beri ovqat yemas, nuqul halloslab yugurar, ko‘zlari mo‘ltirab g‘ingshirdi. Doktor chaqirdik, ammo itimizning ahvoli o‘nglanmadi. Aytishlaricha, unga zaharli dori yedirishgan, shu bois jon berolmay qiynalayotgandi...

 

Bobom urushda jarohatlangan oyog‘ini sudragancha oqsoqlanib uyga kirib ketdi. Birozdan so‘ng ov miltig‘ini ko‘tarib chiqdi va ko‘zlarini ochishga-da madori qolmagan Ziyrakka to‘g‘riladi. It qochmadi, tek qotdi. Ammo bobomning miltiq tutgan qo‘llari dag‘-dag‘ qaltiray boshladi. Rangi o‘chdi. So‘ng gursillab supaga o‘tirib qoldi. Baquvvat qo‘llari bilan avvaliga quloqlarini yopdi, keyin boshini changalladi.

 

– Yo‘q, yo‘q, do‘stim, Ma’ruf bunday qilolmayman. Sen, albatta, yashaysan! Bo‘ldi, gapirma. Yetkazib boraman... yetkazaman. Faqat chida, chidasang bo‘ldi. Chida do‘stim, chida. –  Bobom bir muddat jimib qoldi. – Do‘stim, meni kechir...

 

Bobom shunday deb birdan chuqur “uh” tortdi va miltiqni oldi-da, itni shart otib tashladi...

 

Mastura Bo‘riyeva

 

Kuyiklar

(3-o‘rin)

 

Urush. Ocharchilik. Novvoyxonada ishlab qaytgan akaning tuguni beliga bog‘liqligini ko‘rib, singillarning ko‘zida parchalangan umid asta-sekin tomchilay boshladi. Aka aybli boshini egdi:

– Bugun bittayam non kuymadi...

 

Nilufar Obidova

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68949
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58516
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40144
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//