Ilk hayitlik


Saqlash
01:05 / 03.05.2022 0 1541

 

1956-yil 12-may kuni saharda uyg‘ondim. Ko‘zlarimni ochganimda yostig‘im ustida  bir juft rezina shippak turardi.

 

Bir kun avval, ya’ni arafa kuni dadam ularni olib kelgan edi menga.  Oppoq edi shippaklar. Chetlarida qadagichlari bor edi.

 

Men bilan tengdosh insonlarning aksariyati bolaligida kiygan bunday poyabzallarni.  Dadam, onam, opam va men birgalikda borgandik xaridga.  Uchovi ham Allohning rahmatiga qovushgan yaqinlarimning tavsiyasiga ko‘ra oyog‘imga loyiq kelganini sotib olgandik.

 

Arafa kuni kiymay, hayitlikda kiygandim shippagimni. O‘sha kuni qanday qilib kunni kech qilganimni va tunda necha soat uxlaganimni bilmayman. Bilganim – uyg‘onganimda poyabzallar yostig‘im ustida edi.  Holbuki, tunda yotog‘imga kirganimda yostig‘im ustida yo‘q edi shippak.

 

Onam bomdod namoziga uyg‘onganida poyabzallarni  yostig‘im ustiga qo‘ygan ekan.

Yangi shippagimni kiyib, opam bilan qo‘l ushlashib qarindoshlarimizni hayit bilan tabriklagani borgan edim. Ota-onam opamga qanday hayitlik olganlarini eslolmayman. Shippagimning hayajoniyu sevinchidan opamdan so‘rashni ham unutgandim.

 

Oradan yillar o‘tdi. Hatto bugun ham o‘sha ilk hayitligimni eslayman. Shippaklarimni.

Ko‘chaga kiyib chiqqanimda uchardim go‘yo. Qushlarning qanotlari bo‘lsa, insonlarning oyoqlari bor-ku!

 

Bugun-chi? Rezina shippaklar yo‘q. Bu yoshdagi bolalar hatto aqlli telefon o‘ynaydilar.  Bo‘lsa ham rezina shippakka qaraydigan biror bola bormi?..

 

Ismoil Basharan

 

Turkchadan Umida AZIZ tarjimasi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

11:06 / 12.06.2026 0 24
Ignani qayerdan izlaysiz?

Hikmat

10:06 / 12.06.2026 0 151
O‘g‘lim, men oxirgi vagondaman...

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 352
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235245
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114503
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68376
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57448
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51802
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40555
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39708
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39618
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//