Ota qadri


Saqlash
01:04 / 28.04.2022 0 1901

Ishdan chiqib, shirinlik do‘koniga bordim. Kichkinam uch kundan buyon:

 

– Aya, tort olib keling, – deb zorlanadi. Pulim oz edi, shu sabab bolamga yarasha kichkina tort sotib oldim. Uyga qaytishimda yo‘limdan otam chiqdi.

 

– Ishing tugadimi? – so‘radi dadam salom-alikdan so‘ng.

 

– Ha, dada.

 

– Qo‘lingdagi nima?

 

– Nevarangizning tort yegisi kelibdi, shunga...

 

– Ha. Tezroq olib bor. Yo‘lingni poylab o‘tirgandir.

 

Otam bilan xayrlashib uyga ketdim. Dadam orqamdan qarab qoldi. Uyga kelgach, tortni kenjatoyimning oldiga qo‘ydim.

 

– Bobom kelyaptilar, – dedi darazadan ko‘chani tomosha qilib o‘tirgan katta o‘g‘lim.

 

– Dadam? Nega kelyapti ekanlar?

 

Fursat o‘tmay dadam keldi. Ichkariga boshladim, lekin dadam ko‘nmadi. Ostonadan turib qo‘limga bir qutini uzatdi.

 

– Bu nima, dada?

 

– Tort. Yodingdami, bolaligingda tortni yaxshi ko‘rarding. Qo‘lingdagi kichkina tortni bolangga ilinib, o‘zing yemasliging aniq. Shuning uchun senga o‘zim tort sotib olib keldim. Sen bolangni xursand qilayotganingni ko‘rib, men ham shunday qilgim keldi.

 

Men yig‘ladim. Oxirgi pulimga bolamga shirinlik oldim. Ehtimol, dadam ham shunday qilgandir...

 

Munis AZIMOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 310
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 551
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 478
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 818
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 528
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233730
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113199
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67138
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56249
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50685
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39356
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39062
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38368
“Avesto”

//