Meni kechir, jon bolam!


Saqlash
00:04 / 19.04.2022 0 1298

 

5-sinfda o‘qiydigan kichik qizimni sinfdoshlari, ikki o‘g‘il bola xafa qilibdi. Ayasiga yig‘lab telefon qildi, yonida edim. Tushundimki, birinchi marta emas, oldin ham shunaqa holatlar bo‘lgan. Qizim tinchlantirilgan, o‘qituvchisidan iltimos qilingan, ota-onalarga tushuntirilgan...

Albatta, hech kim o‘z bolasini yomon demaydi. Lekin qizim juda odobli va birovga ozori tegmaydigan, o‘zim bilaman buni. O‘g‘il bolalar sho‘xlik qilishi ham tabiiy, o‘zimiz ulg‘ayguncha qizlarimizni necha marta xafa qilib yig‘latganmiz.

 

Lekin baribir otaman, qizimning ko‘z yoshlari qattiq ta’sir qildi, onasining qarshiligiga qaramay maktabga bordim. Ikki bolani chaqirdim. Sho‘xligi qaynab turgan beg‘ubor polvonlar...

 

O‘zlariga gapirsam boshqacha qabul qilinadi, shu bois so‘roqqa tutdim:

 

– Dadangning nomerini ber, gaplashaman!

 

Ko‘zlari katta-katta bolaning ko‘zlari yanayam katta-katta bo‘lib ketdi. Sekin yerga qarab dedi:

 

– Bilmayman nomerlarini...

 

Gap otasiga yetmasligi uchun aldayapti deb o‘ylab yanayam qattiqroq so‘radim:

 

– Ber dedim, baribir topaman!

 

Bolaning ko‘zlari yoshga to‘ldi. Negadir teskari qarab ko‘ksini mushtlab-mushtlab yig‘lay boshladi. Uni ko‘rib sherigi ham yig‘ladi va o‘rtog‘ini ovutdi:

 

– Yig‘lama...

 

Ustozining oldiga olib chiqib har ikkisini koyidim, ogohlantirgan bo‘ldim.

 

Pastga tushsam ayolim kutib turgan ekan. Darhol oldimga keldi:

 

– Qattiq gapirmadingizmi? Telefon qilsam olmadingiz. Men ham hozir bildim, u bolaning otasi yo‘q ekan...

 

Tor dunyo ko‘zlarim oldida ikki karra toraydi. Bolaning ko‘ksini mushtlab-mushtlab yig‘lashi ko‘z o‘ngimdan o‘tdi. Qaytib to‘rtinchi qavatga yugurdim. Ustozining qarshiligiga qaramay bolakayni yana chaqirib oldim. Quchoqladim, ko‘zlarim to‘ldi:

 

– Meni kechir, jon bolam... Bilmagandim. Nega aytmading?! Kechir meni!

 

Bola oldingidan ikki karra ko‘proq yosh oldi ko‘ziga.

 

– Aytolmadim...

 

Qanday bedodlik qildim. Otasiz bola oldiga qizimning himoyachisi – OTA bo‘lib kelib, ko‘nglini bir o‘ksitdim. Keyin otasini do‘qlab surishtirib, bu dardni ikki qildim.

 

– Endi senga begona emasman. Do‘st bo‘linglar. Agar biror muammong bo‘lsa menga ayt, qo‘limdan kelsa yordam beraman. Faqat meni kechir...

 

Bir olam yuk bilan pastga tushdim. Bungacha onasi ayolimga telefon qilgan ekan. Menga ham bog‘lanib xafa bo‘ldi tabiiyki. Uzrimni so‘radim yana bir bor.

 

Haligacha ko‘z o‘ngimda o‘sha bolakay...

 

Abror ZOHIDOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:03 / 12.03.2025 0 1260
Turkistondagi qadimiy ayollar bayrami

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 239
“Qozondi” fe’lidagi “qozon” haqida

Bilasizmi?

10:03 / 03.03.2025 0 255
Marjumakdan shoʻrva qilib boʻladimi?

Bilasizmi?

15:02 / 28.02.2025 0 196
Maymunjon, parmanchak va boldirgʻon

Bilasizmi?

14:02 / 28.02.2025 0 214
Xoʻjayin boʻlolmagan xoʻjagʻat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 223175
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 106758
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 48779
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 37012
Xarakter

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 35392
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 29637
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 28545
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 28467
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//