Tirbandlikdagi iftorlik


Saqlash
03:04 / 18.04.2022 0 1072

Yo‘l tirband. Iftorlik vaqtiga oz qolgan. Ulgurmaymiz deb, asabiylasha boshlagan o‘g‘limni tinchlantirib, mashinaga bir-ikki qadoq suv va xurmo solib qo‘ymagani uchun koyigan bo‘ldim.

 

– Endi yozg‘irma, asabiylashma! Hamma ham biz kabi iftorlikka shoshayapti. Ana qara, yo‘lda nimadir bo‘lgan. Shunga tirbandlik bor.

 

Darhaqiqat, yigirma qadamcha oldinda ikki mashina to‘qnashib, tartibsizlikka sabab bo‘lgan ekan. Arang o‘tvolib, yo‘lda davom etdik. Ammo bir chaqirimcha yurmay, YPX xodimi yo‘l to‘sdi:

 

–Uf, qanaqa kun bugun, oyi? Birorta qoidani buzganim yo‘q-ku! Hech bo‘lmasa Ramazonda to‘xtatishmasa bo‘lardi. Hozir yana biror kamchilik topishmasa go‘rga edi.

 

U g‘udrangancha xujjatlarni olib jahl bilan eshik ochdi, ammo chiqishga ulgurmadi. Mashinaga yaqinlashib, tirjayib o‘zini tanishtirgan komandir uzrnamo bosh egdi:

 

– Xujjatlarni joyiga qo‘yavering. Qoidani buzganingiz yo‘q!

 

Zo‘rg‘a turgan o‘g‘limning asabi dosh bermadi:

 

– Jarimam ham yo‘q! Nima, hazillashyapsizmi? Insof ham kerakda! Ro‘za paytida-ya!

 

YPX xodimi yanayam xalimlik bilan uzr so‘rab, ochiq turgan oynadan bir yelim xaltani uzatdi:

 

– Og‘iz ochish payti bo‘ldi, hurmatli haydovchi. Ramazon muborak!

 

O‘g‘lim angrayib, yelim xaltani menga uzatdi. Shoshib ochdim. Qarasam, ikkita qadoqlangan suv va bir quticha quritilgan xurmo turardi. O‘g‘lim o‘z muomalasidan uyalib, xijolat tortdi.

 

Og‘zimizni ochdik. Shundagina atrofga diqqat qilib, boshqa haydovchilarga ham iftorlik tarqatayotgan yana besh-oltita YPX xodimiga ko‘zimiz tushdi. YPXchilarni birinchi marta chin ko‘ngildan duo qilib yo‘limizda davom etdik.

 

Muazzam IBROHIMOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 151
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 515
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 296
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 461
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 879
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232576
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112422
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64837
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54771
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49267
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39012
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37963
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36481
“Avesto”

//