Baxtli odamlar


Saqlash
02:04 / 15.04.2022 0 1429

 

Ma’ruf ishdan horib chiqdi. Ayolining "Haligi... uyda aytarli hech narsa qolmadi, agar ilojingiz bo‘lsa ishdan qaytayotganingizda bozorga kirib chiqing", degani yodiga tushdi-yu, yuragi ezilib ketdi. U bugun maosh olishi kerak edi... ammo aksiga olib ishxonada maosh berilmadi.

 

Endi nima qilaman? Ma’rufning boshi qotdi. Tavakkal qildi-yu uyi tomon jo‘nadi. Eshik oldida uni kutib olgan Soliha erining qo‘llarini bo‘sh, ko‘zlarini ma’yus holda ko‘rdi-yu, hammasini anglab yetdi.

 

– Assalomu alaykum. Charchamadingizmi?

 

– Va alaykum assalom. Yaxshiman. O‘zing qiynalmadingmi... Aksiga olib bugun maoshimni berishmadi-ya... Uyda hech narsa qolmadi deganding. Bozorga ham kirolmadim.

 

Ma’ruf kun bo‘yi ro‘za tutgan ayoliga biror yegulik olib kelolmaganidan yuragi tilkapora bo‘lar, uyatdan o‘zini qo‘yarga joy topolmasdi.

 

Soliha esa eriga tabassum bilan javob qaytardi:

 

– Mayli. Qaytanga yaxshi bo‘libdi, uyimiz Rasulullohning uyiga o‘xshabdi, dadasi! – deya jilmaydi.

 

Ular shu turishda ham juda baxtli edilar…

 

Ruqiya ULUGʻXO‘JAYEVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 310
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 551
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 478
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 818
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 528
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233730
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113199
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67138
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56250
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50685
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39356
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39062
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38368
“Avesto”

//