O‘smirlarni jalb etayotgan jaydari "biznes treninglar"


Saqlash
16:04 / 07.04.2022 0 1585

 

Yo‘lda ketayotsam bir yigit qo‘l ko‘tarib mashina to‘xtatyapti, oldida to‘xtadim, yigit mashina eshigini ochib:

–Assalomu alaykum, aka, shaharga ketyapman, lekin pulim yo‘q, telefon raqamingizni bersangiz pul tashlab qo‘yaman, – dedi.

–Vaalaykum assalom, behijolat, o‘tiring, yo‘lim shu tomonga. (Xayolimda yosh joniga bu yerda pulsiz nima qilyapti, degan o‘ylar).

Mashinaga o‘tirdi, qayerdanligini, nimaga bu yerda pulsiz yurgani haqida qisqacha so‘radim.

Ehhe, uni o‘n besh yosh desam, ichi to‘la gap ekan.

Mahmadona Laqmayev degan gapdon treningchi tashkil qilgan kurslarga qatnasharkan, 1 mln 50 ming so‘m to‘lov qilib, shunchalar qorni va miyasi gapga to‘ldirilganki to‘xtatib bo‘lmayapti. Maktab darsliklaridan o‘zimning esimda borlaridan savol berdim, javob yo‘q...

–Aka, kitob o‘qiysizmi?

–Evril Turonning "Oynur"ini o‘qiyapman!

–Sizga dunyodagi eng boy odam Palonchini “Boy bo‘lishning beshta siri” kitobini o‘qishni tavsiya qilaman.

–Xo‘p o‘qiyman, lekin menda hammasi yetarli. Kelajakda qaysi kasbni egallamoqchisiz?

– Prokuror bo‘laman.

–Trening uchun sarflangan pulni repititorlarga sarflab, yaxshi mutaxassis bo‘lishga harakat qilgan yaxshimasmi?!

–Endi aka... – bir dunyo gaplar. Hayron qoldim.

–Nega pulsiz, telefonsiz uzoq joyda yakka yuribsiz?

–Amaliyotdamiz, telefon va pullarni olib qolishgan, o‘zimizga ajratilgan joyga borib, uchragan har qanday begona odam bilan muzokara o‘tkazib, yana qaytib kursga yetib olish topshirilgan.

Ana bo‘lmasa...

Zamona shuni talab qilayotgandir, balki men tushunmasman bunday narsalarni, lekin aniq bilganim – bu yigit hozir o‘qishi, fanlarni mukammal o‘rganishi, bo‘sh vaqtida sport, biror hunar yoki uydagi bahorgi ishlarga yordam berishi kerak. Poydevorsiz uy qurayotgandek tuyuldi yigitning tanlagan yo‘li, taxminimcha bundaylar minglab topilsa ajabmas.

Otasi shu yigitlarga tomorqani chopishni buyursa ishonchim komilki, tap tortmay “Boy bo‘lishning beshta siri” kitobini o‘qiyotganini aytadi.

Xullas, o‘n daqiqa ichida biror fikri o‘zgararmikin deb ozgina urindim, befoyda. Menimcha yoshlarni, ayniqsa yuqoridagi yigitcha kabi o‘tish davridagi bolalarni ehtiyot qilishimiz kerak.

 

Sherzodbek UMARALIYEV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 151
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 515
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 296
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 461
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 879
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232574
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112422
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64837
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54771
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49267
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39012
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37963
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36481
“Avesto”

//