Ol, mani yaxshi ko‘rasanmi?


Saqlash
17:09 / 14.09.2021 0 1595

 Tvitter shunaqa joy, masalan, yozasiz:

 Men mevalardan olmani yaxshi ko‘raman.

Izohlar bu shaklda ketadi:

Ha, nok senga nima qildi, alaming borda, a?

– Bo‘lmagan gap, erkaklarga yoqish uchun olma deyapti, aksida, nega shaftoli demadi?

– Negativ gap yozyapsiz, depressiyadamisiz?

– Meni katta xolamni o‘g‘li ham olmani yaxshi ko‘radi.

– Olmani yaxshi ko‘radiganlarni yaxshi ko‘raman.

– Ey, sen, nega erkaklarga yoqish uchun yozdi deyapsan, erkakman, olmani yoqtirmayman, dura.

– O‘zing durasan, toshingni ter, senga yozganim yo‘q, tvit egasiga yozdim.

– Ha, femkamisan? Femka ekansan-ku, alamzadasan.

– Feministlar olmani yaxshi ko‘radi.

– Yo‘q bu nimadan norozi, nega olma yegisi kelib qolibdi.

– Mana ayollarni bo‘sh qo‘yish oqibati, ko‘ngillari har narsani tusayveradi.

– Erkaklar senga qulde, a, seni olma yeging keldi, biz itdek ishlab senga olma olib berishimiz kerak, tiiiit.

– O‘zini kim deb o‘ylayapti.

– Olmalarni o‘ziz ekarkansizde, a, reklama qivosmi?

...

Retvitlar:

– Femkalarga o‘lim.

– Olma yeguncha shaptoli yesang-chi.

– Bularga faqat pul kerak.

– O‘zi ekib qo‘ygandek, olmalashini.

– Men olmani yomon ko‘raman, fu.

– Nima demoqchi bu, kim ekan u olma. Yaxshi ko‘rsa bizga nima?

Siz biron tvitni fikringizni yozib retvit qilsangiz, boshqalarni tvitlarini aynan yuqoridagidek r/t qiladiganlar:

– Hm, doimo aytaman, u nas lyudi ne adekvatniy, qo‘yvuring.

– To‘ba.

– Fikriz to‘g‘ri, qo‘shilaman.

– GIF

– Nme bunaqa retvit qivos, bu mani tanishim, bilmey har nimala dvurmen, xopmi. Hazil qivotilayu, zo‘r odam ula, tshundizmi.

– jpg38.

– Urushmela.

– Nima yedila, ey, qorin ochip kettiku...

Agarda she’r, iqtibos yoki boshqa ilmiy narsa qo‘ysangiz:

Falonchi fismonchiyevga nravitsya vash tvit.

Vse! Tugadi.

 

Dono BEKJANOVA

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 320
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 371
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 219
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 183
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226247
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108644
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56181
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41492
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40829
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31139
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30879
Alpomish

//