Qarz daftari


Saqlash
17:04 / 06.04.2022 0 1798

– Uka, “qarz daftari” bormi? 

– Bor, aka. 

– Shu daftaringizdagi muhtoj oilalarni qarzlarini hisoblab aytsangiz,  Ramazon oyida ularni qarzlaridan ozod qilib qo‘ysak degandik. 

Qassob yigitning yuzida achchiq tabassum paydo bo‘ldi. 

– Aka, keling, mana qo‘limdagi ro‘yxat, manavi akani ko‘pchilik taniydi,  taglarida “Malibu”,  o‘g‘illari falon joyda ishlaydi, qarzlarini bir yildan beri berolmaydilar. Manavi boyvachchaning uyini ko‘rsangiz naq saroy deysiz, bir yarim yil bo‘ldi, bez bo‘lib yuraveradilar. Qisqasi, ro‘yxatimdagilarning bari shunaqalar.

– Menga bular kerakmas, yetim bolalari bor va kambag‘al oilalarning ro‘yxatini bering, uka.

– Aka, siz aytgan oilalar zaruratdan 200-300 gramm go‘sht olishsa, bir haftaga qolmay pulini to‘lab chiqib ketishadi. Ularda amal va boylik bo‘lmasayam or-nomus bor. Qisqasi, mening daftarimdan siz izlagan odamingizni topa olmaysiz, salomat bo‘ling.

Indamadim.

Muhammad IKROM

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//