Uyat


Saqlash
10:04 / 04.04.2022 0 1867

Vokzalga ketaverishga yaqin joyda oshxona joylashgan. Odimlar ekanman, kimdir “halol shashliklar bor” deb hayqirsa, kimdir issiq somsa, issiq choy borligini ovoza qiladi, yana kimdir esa plastik kartaga ham savdo qilaverishini jar soladi. Ular asosan o‘rta yoshli kishilar, yigitlar bo‘lgani uchun ovozlari jarangdor yangraydi…

 

Burchakda 60-65 yoshni qoralagan, ko‘rinishidan qarovsiz ekanligi yaqqol namoyon bo‘lgan bir onaxon ro‘mol ochib eski kiyimlar, ishlatilgan ro‘zg‘or buyumlari, o‘qilgan kitoblarni yoyib o‘tiribdi. Juda tanish chehra… esladim: ishga shoshayotgan paytim bu onaxondan pirashka olib yeb ketardim. Uning hech kimi yo‘qligi, o‘z qornining g‘amini shu yo‘l bilan yeyishi haqida eshitganlarim ham bor edi.

 

Kitob qiziqishida yoniga yaqinlashdim.

– Xola, endi pirashka sotmaysizmi? – deb so‘radim.

 

Onaxonning javobidan qattiq ta’sirlandim, atrofdagi sotuvchi-jarchilarga qaradim-u ko‘zimni yerga oldim:

– Hozir Ramazon oyi-ku, uyat bo‘ladi, bolam, uyat…

 

 

Odinaxon ABDUVAHOBOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//