Orzu va tashvish


Saqlash
01:04 / 01.04.2022 0 1162

Juma kuni edi. Ertalabdan ona-bola tez-tez yurib borardi.

 

– Oyi, katta bo‘lsam, boy bo‘laman, ko‘p pul topaman-a? – dedi yetti-sakkiz yoshlardagi bolakay onasiga kemtik tishlarini ko‘rsatib iljaygancha.

 

– Bo‘lasan, bolam, bo‘lasan! – siniqqina jilmayib qo‘ydi onasi.

 

– O‘shanda singlimni davolatamiz-a?

 

– Ha, bolam. Tez-tez yuraqol! – onasi astagina koyidi.

 

Ona o‘g‘lining qo‘lidan yetaklagancha masjid tomon shoshar, bolakay esa bir olam orzu bilan onasining yonida pildirab borardi.

 

Masjidning yoniga kelgach, onasi o‘g‘liga engashib, sochlaridan silab qo‘ydi:

 

– So‘zlaring esingdami?

 

– Ha, – dedi bolakay mung‘ayib va so‘zlarini takrorladi. – “Iltimos, nonga ozgina pul berib keting.”

 

Bayram OGʻA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41522
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//