Ulug‘ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi


Saqlash
17:03 / 29.03.2022 0 1707

 

Abu Rayhon Beruniy

 

***

Kichik narsaga e’tiborsiz qarama, uning foydali o‘rni bor, katta ishning kerakli joyi bor.

 

***

Xato sodir bolmasligi uchun donishmandlar qayta-qayta kuzatishni va xalal yetish imkoniyatidan saqlanishni tavsiya qilganlar.

 

***

Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir.

 

***

Asosi bo‘lmagan fandan voz kechsa ham bo‘ladi.

 

***

Shubhani aniq va noma’lumni ma’lumga qo‘shish biz yurgan yo‘lga loyiq emas.

 

***

Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.

 

***

Tarjimalarda, iboralarda ixtilof bo‘lmay chora yo‘q.

 

***

Bilim – qaytarish va takrorlash mevasidir.

 

***

Yolg‘on doim rostdan yengiladi, u xuddi suv yuzasidagi ko‘pikdek yo‘q bo‘lib ketadi.

 

***

Bilmaganligimiz sababli bilgan narsalarimizni aytmay qo‘yishimiz ham yaxshi emas.

 

***

Yunon faylasuflari avom xalqi uchun emas, balki yuqori tabaqalar uchun usul va qoidalar ishlab chiqqanlar.

 

***

Odam bo‘yining kichikligi sababli Yerning sharligi sezilmaydi, degan so‘z to‘g‘ri emas. Chunki odam bo‘yi baland tog‘ qadar bo‘lsa ham bir joyda turib, yer ustiga qarasa-yu, joydan joyga ko‘chib, yerdagi bor turli holatlarni bir-biriga solishtirib qaray olmasa, unday uzun bo‘y yerning sharligini bilishga ham, uning chegarasini aniqlashga ham foyda keltirolmaydi.

 

***

Har xil tartibsiz yoki yuqorida aytilgan so‘zlarga to‘g‘ri kelmaydiganlardan tabiat nafratlanadi va uni eshitish quloqqa malollik keltiradi

 

***

Har bir insonning qadr-qiymati o‘z ishini qoyil qilib bajarishida.

 

***

Ulug‘ hodisalar har vaqt yuz beravermaydi; agar bir davrda yuz bersa, undan keyingi kishilarga asrlar va uzoq zamonlar o‘tgach, tarixlar va bu tarixlarning bir-biriga ulanishi bilan yetib keladi.

 

“O‘ylar, hikmatlar, naqllar, she’rlar” kitobidan

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 110
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 469
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 251
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 427
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 840
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232385
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112310
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64598
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54477
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49111
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38914
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37801
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36246
“Avesto”

//