Utopizm


Saqlash
16:03 / 29.03.2022 0 1985

 

Utopizm (yun utopos – xayoliy, mavjud bo‘lmagan joy) – lug‘aviy ma’noda inson, davlat yoki jamiyatning kelajakdagi mukammal (ideal) shakli haqidagi ta’limot. Utopizm o‘ylab topilgan, xayolan tasavvur etilgan jamiyat yoki orzudagi tuzum sifatida qadimdan ko‘p mutafakkirlarga xos bo‘lgan. O‘rta asrlarda esa bu oqim mavjud tuzumni ilohiylashtirish, uning ideal va abadiyligini o‘qtirishga xizmat qilgan. Bu boradagi qarashlar angliyalik Tomas Morning (1478-1535) “Utopin”, italiyalik olim Tomazo Kompanellaning (1568-1639) “Quyosh shahri”, F.Bekonning “Yangi atlantida” kabi asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ularning ideal jamiyat haqidagi ta’limoti Sharq mutafakkirlarining bu to‘g‘risidagi qarashlaridan farq qiladi. Bu, avvalo, shunda ko‘rinadiki, F.Bekon, T.Kompanella va T.Mor orzu qilgan ideal jamiyat Yevropadan olisdagi xayoliy joyda barpo qilinadi. Sharq mutafakkirlari, ulardan farqli o‘laroq, o‘zlari yashab turgan jamiyatni ideal darajaga ko‘tarilishini orzu qilganlar. Utopizm ta’limotlari insoniyat tarixida amalga oshmagan qarashlar sifatida shakllangan va namoyon bo‘lgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 51
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 29
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 373
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 609
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 561
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233948
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113300
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67726
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56617
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51019
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39435
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39249
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38809
“Avesto”

//