Osoyishta hayot siri


Saqlash
15:03 / 29.03.2022 0 1545

 

Qadim rivoyatda aytilishicha, bir eru xotin sira kelisholmay, urishib, bahslashar ekan. Bu holat o‘zlarining ham joniga tegibdi. Axiyri er xotiniga:

–Sen, anuvi... uyidan churq etgan ovoz chiqmaydigan qo‘shnimiznikiga kirib kuzat-chi, urush-janjalsiz yashashlarining sababi nima ekan? – debdi.

Xotin hamsoyaning hovlisiga kirib, qo‘shni ayol bilan gaplashib o‘tirish asnosida atrofida bo‘layotgan muomalayu munosabatlarni kuzatibdi.

Qo‘shni erkak tarvaqaylab ketgan daraxtning ayrim shoxlarini qirqib, saranjomlayotgan ekan. Bir payt u ayolidan suv so‘rabdi, xotini o‘sha zahoti kosada suv olib borayotganda, tashqaridan notanish ayolning chaqirgan ovozi eshitilib qolibdi. Shunda uy bekasi qo‘lidagi suvni yo‘lak yonidagi omonat tokchaga qo‘yibdi-da, ko‘cha tomon yo‘nalibdi. Ish bilan mashg‘ul er shu yerdan o‘tarkan, qo‘lidagi shox kosaga tegib, suv to‘kilibdi, kosa sinibdi.

–Shoshqaloqligim, yaxshilab o‘ylamay ish tutishimning oqibatida, – debdi qo‘shni ayol tashqaridan qaytarkan kosa sinig‘ini ko‘rib. – Chekkaroqqa qo‘yganimda yoki suvni shu yerga qo‘yganimdan sizni ogohlantirganimda, sinmagan bo‘larmidi...

–Meniyam aybim bor, qo‘polman-da, – debdi shu zahoti eri. – E’tiborliroq bo‘lsam, u yoq-bu yoqqa qarab ish tutsam, kosani tokchadan tushirib yubormasmidim...

Mehmon bo‘lib o‘tirgan qo‘shni ayolga shu voqeaning o‘zi ham katta ta’sir qilibdi. U uyiga qaytib chiqqanda, eri so‘rabdi:

–Biror narsa tushundingmi, qo‘shnilar urish-janjalsiz, baqir-chaqirsiz yashashining  siri nimada ekan?

–Shuni angladimki, – debdi unga javoban xotini, – biz uyimizda bo‘ladigan har qanday ko‘ngilsizlik, yomon ishlar uchun bir-birimizni, boshqalarni aybdor qilamiz. Qo‘shnilarimiz esa bunday paytda xatolik sababini avvalo o‘zlaridan izlab, iqror bo‘lishar ekan...

 

Muhtarama ULUGʻOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 110
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 469
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 251
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 427
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 840
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232385
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112310
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64598
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54477
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49111
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38914
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37801
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36246
“Avesto”

//