Hayot va qahva piyolasi


Saqlash
16:03 / 28.03.2022 0 1369

Obro‘li bir oliy o‘quv yurtini tamomlagan, hozir yaxshi joylarda ishlaydigan bir guruh sobiq talabalar ustozlarini yo‘qlab kelishdi. Suhbat asnosida gap ishga ko‘chdi va ular qiyinchiliklar ko‘pligidan, turli muammolardan shikoyat qilishdi.

 

Professor mehmonlarga qahva taklif qildi, roziliklarini olgach, oshxonaga yo‘naldi va birozdan so‘ng patnis ko‘tarib chiqdi. Unga turli xil – chinni, shisha, plastik va billur piyolalar terilgan edi. Ayrimlari oddiy, ayrimlari qimmatbaho edi.

 

Shogirdlari piyolalarni olib bo‘lgach, professor ularga yuzlanib dedi:

 

– E’tibor beringlar, hammalaring qimmatbaho va zeb-ziynatli piyolalarni oldinglar. Oddiy va arzonlari patnisda qoldi. Bu aslida siz uchun me’yordagi holat – eng yaxshisini istaysiz. Biroq shu bilan birga bu kayfiyat barcha muammolaringiz va tashvishlaringizning ildizi hamdir. Yodingizda bo‘lsin, piyola hech qachon qahvaning ta’mini o‘zgartirib, yaxshilab qo‘ymaydi. Qimmatbaho piyolalar ba’zida ichidagi qahvaning asl ko‘rinishini yashiradi ham. Hammalaring istagan narsa aslida qahva edi, piyola emas. Lekin sizlar ongli ravishda chiroyli idishlarni tanladinglar, keyin kimga qanaqasi tushdiykan deb bir-birlaringning piyolalaringga e’tibor qaratdinglar.

 

Tasavvur qiling, hayot bu – qahva; ish, pul, vaziyat, jamiyat kabilar esa – piyoladir. Ular tirikchilikni ta’minlash vositalari, xolos. Qanday piyolaga ega bo‘lishimiz hayotimizning mohiyati va asl sifatini o‘zgartirmaydi. Ba’zida, faqat piyolalarga e’tibor berib, qahvaning ta’midan lazzatlanishni unutib qo‘yamiz.

 

Orif TOLIB

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 310
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 551
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 478
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 818
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 528
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233730
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113199
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67138
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56249
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50685
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39356
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39062
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38368
“Avesto”

//