Sochilgan rizq


Saqlash
17:03 / 25.03.2022 0 1261

–Rizqim bu yerlarda emas ekan, ona! Yigit boshi omon bo‘lsa, do‘ppi topiladi. Nasibam qayerlarda sochilgan bo‘lsa o‘sha yerda qo‘nim topaman-da. Fotiha bering, chet elga ketay.

–Bu nima deganing, bolaginam. Yaratgan barchaning rizqini o‘z elida sochib qo‘yibdi. O‘zga yurtlarda emas nasibang. Faqat bir oz sabr qil, harakatingni qo‘yma...

–E, qachongacha? Ketaman! Bu yerda topgan bir so‘mimni u yerlarda o‘n so‘m qilib topaman. Duo qiling endi, rizqimni topay!

Ona noiloj qo‘lini duoga ochdi.

–Qayda bo‘lsang ham boshing toshdan bo‘lsin, o‘g‘lim. Rizqing butun bo‘lsin.

O‘g‘il ketdi. Izlagan rizqini o‘zga ellarda topdi. Juftini ham, turmushini ham o‘sha yerlardan qildi. Farzandlari chet elda tug‘ildi. Nasibasi butun bo‘lib, davlatga erishdi. Ammo... halovat topa olmadi. O‘shanda onasidan bir og‘iz xotirjamlik, saodat tilamagan ekan. Pul topdiyu, baxt topmadi. Hamon izidan ko‘zlari javdirab qolgan onasi xayolidan ketmaydi. Behalovat tunlar esa unga azob bergani bergan... Erta tongda esa u ahd qildi:

–Onamning oldiga ketaman! Vatanimni sog‘indim.

Rizqini izlayotgan bolamning ko‘ngli buzilmasin, unga bildirmang, deb u dunyoga rixlat qilgan onaning ruhi esa uni kuzatib turardi...

 

Nodira IBROHIMOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 349
Kuni irimga qolgan ilm



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237209
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115617
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 69519
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 59344
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52862
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 42696
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40708
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40353
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//