“Uning insoniyligi katta zaldagi odamlar olqishiga sabab bo‘lgan edi” – Koreyada o’zbekistonlik bolakay uchun uyushtirilgan antiqa xayriya haqida


Saqlash
17:03 / 18.03.2022 0 1125

To‘g‘risini aytsam, konsertlarga deyarli tushmayman. Lekin koreyalik qo‘shiqchi Xan Ji Xining konsertini yillar o‘tsa-da, unutib bo‘lmaydi. Qo‘shiqchi tarbiyali bo‘lsa, insoniylik xislatlari baland bo‘lsa, u  hurmat topaverar ekan.

 

So‘nggi kunlardagi voqealardan so‘ng bir koreys qo‘shiqchisining ikki yil avval bo‘lib o‘tgan konsertini yodga oldim. Uning insoniyligi o‘sha paytlarda katta zaldagi odamlar olqishiga sabab bo‘lgan, ko‘pchilik uzoq vaqt bu voqeani eslab yurgan, internetda ham shov-shuv darajasiga chiqqan edi. Men ham hozirgacha o‘sha koreys qo‘shiqchisini odamiyligi va kibrdan yiroqligi tufayli juda hurmat qilaman, har eslaganimda ta’sirlanaveraman…

 

 

O‘shanda internetda Janubiy Koreyaning Yonse universitetida og‘ir kasalliklarga chalingan insonlarga yordam ko‘rsatish maqsadida хayriya konserti uyushtirilganiga ko‘zim tushdi. Konsert Janubiy Koreyaning “Yangi hayot” fondi ko‘magida o‘tkazilgan edi. Tinglovchilar o‘zlari uchun sevimli va qadrli bo‘lgan 6070-yillardagi rok-musiqalaridan bahramand bo‘ldi.

 

Taniqli qo‘shiqchi Xan Ji Xi ham davrani qizdirdi. Eng qiziqarli va hayajonli daqiqalar endi boshlangandi. U qo‘shiq kuylash bilan kifoyalanib qolmasdan, tomoshabinlarga yuzlanib antiqa taklif kiritdi. Har birlari 10 ming von (taxminan 8,5 dollar)dan yig‘ib bersa, sahnaning o‘zida 100 marta “otjimaniya” qilib bera olishini aytdi. Zaldagilar ko‘z ochib yumguncha pulni yig‘ib berishdi. Xan Ji Xi ham qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, so‘zining ustidan chiqdi.

 

Bilasizmi, u deyarli oltmish yoshdan o‘tgan. Ammo uning o‘zini tutishi, sahna madaniyatiga xos yurish-turishi, tinglovchilarga nisbatan hurmati tahsinga sazovor. Bundan tashqari o‘sha paytdagi jasorati siz-u bizni ta’sirlantirmay qolmaydi. Chunki Xan Ji Xi yig‘ilgan pullarni yong‘in natijasida juda og‘ir ahvolda qolgan, bir necha operatsiyaga muhtoj o‘zbekistonlik bolakay – Baxtiyor Sindorovga xayriya qilishini aytdi. Mana shunday yaxshilik va bag‘rikenglik bardavom bo‘laversin...

 

Otabek YO‘LDOSHEV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 262
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 522
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 229384
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110576
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 60834
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 49344
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 44810
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 37370
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 35537
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32635
Kompetentlik

//