Vaqt


Saqlash
00:03 / 16.03.2022 0 2199

Toshkentdan yo‘lga chiqqan “Neksiya” bir soatda Guliston shahriga yetib bordi. Poytaxt aeroportidan havoga ko‘tarilgan “Boing-767” havo layneri bir soatda Nukus shahriga borib qo‘ndi. Mittigina jonzot asalari esa bir soatda 65 kilometr masofaga uchdi.

Yer sayyorasi sekundiga o‘ttiz kilometr tezlikda bir soatda koinotda 1 mln 648 ming kilometr yo‘lni bosib o‘tdi. Bir soatda bir mlrd kilometrdan ziyod masofani  kesib o‘tgan quyosh nuri Saturn sayyorasiga borib yetdi.

Bir soatda dunyoda 7500 nafar, O‘zbekistonda esa 50 nafar chaqaloq olamga keldi. Yaponlarning  mashhur “Toyota” kompaniyasi bir soatda bir yarim dona avtomobil ishlab chiqardi.

AQSH armiyasi generali Stiven Xillsdeyl o‘z mamlakatida bir soatda odamni Yerning istalgan nuqtasiga yetkaza oladigan texnologiya yaratilganini ma’lum qildi.

Sen esa Toshkentning Qoraqamish mavzesidan 76-yo‘nalishdagi avtobusga o‘tirib, bir soat deganda zo‘rg‘a Beshyog‘och maydoniga yetib kelding.

                                                                    

     Abdumajid AZIMOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 319
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 339
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236704
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115293
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68883
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58136
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52451
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41360
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40077
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40074
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//