Somon san’ati haqida 7 ta fakt


Saqlash
23:03 / 11.03.2022 1 3432

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov Termiz davlat universitetida “Surxondaryo milliy qadriyatlar beshigi” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda ishtirok etganida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazida turli fanlar bilan birga xalq amaliy hamda somon san’atini o‘rganayotgan afg‘on yoshlari bilan suhbatlashgan va ularga ushbu san’at turlarini o‘rganishning ahamiyatini aytgan edi. Chindan ham qadimdan somon va qamishlardan qo‘g‘irchoqlar, guruch, go‘sht, meva va sabzavotlar saqlanadigan ro‘zg‘or buyumlari to‘qilgan. Ayni vaqtda somondan applikatsiyalar hamda grafika, miniatyura, portret, peyzaj, tarixiy, karikatura, abstrakt kabi janrlarda san’at asarlari tayyorlash mumkin.

 

 

1. Yurtimizda somon san’ati rassom Azizxon Solihov va ijodkor Otabek Yo‘ldoshev sa’y-harakatlari bilan yangi yo‘nalish sifatida yaratildi. Bugungi kunda Anvar Nazarov, Jasur Jumaev, Muzaffar Nazarov, Akmal Muhidinov kabi rassomlar somon san’atini zamonaviy uslublar bilan uyg‘unlashtirib, ustozlar an’analarini davom ettirishmoqda.

 

 

2. Somon san’ati uchun asosan Farg‘ona vodiysi hamda Toshkent viloyatida yetishtirilgan don ekinlari somoni qo‘llaniladi. Ular ishlash jarayonida egiluvchanligi bilan o‘ziga xosdir. Yurtimizning iqlimi issiq hududlaridagi somon qalamchalari quruq va qattiqligi uchun tasvir yaratishga qulay emas.

 

 

3. Dastlab, yoz fasli boshlarida bug‘doy arpa kabi don ekinlaridan  olingan somon qalamchalari bir haftagacha quruq va soya joyda saqlanadi. Me’yorga kelgan xomashyo 15 daqiqadan 30 daqiqagacha suvga solinadi va  suvdan olinib, qaychi bilan uchi kesiladi. Shakllarni nihoyatda e’tibor bilan, aniq o‘lchamlarda kesib olish muhimdir. Buning uchun kichkina qaychilardan foydalaniladi.

 

 

4. Kesilgan somonlar ichki tomonidan dazmollanadi. Bu jarayonda somonnning tabiiy rangini saqlab qolishga e’tibor berish kerak. Somon san’atida qalamchalardan musavvir tasavvuridagi janrni yaratish muhim jarayon hisoblanadi. San’at asari hajmiga qarab, bu bosqich bir kundan bir oygacha vaqt talab etadi.

 

 

5. San’at namunasi uchun qog‘ozga ikki nusxada eskiz chiziladi va alohida detallarga ajratib, andoza qirqib olinadi. Dazmollangan somon qalamchalari kompozitsiyaga moslab kesiladi va chizilgan andozaga tartib bilan yopishtirib chiqiladi. Ayni kunda somon yo‘nalishida me’moriy obidalar, yurtimiz tabiati, davlat ramzlari shuningdek, o‘zbek milliy qahramonlari Xo‘ja Nasriddin, Jaloliddin Manguberdi, Bahouddin Naqshband kabi obrazlarni tasvirini tayyorlash ommalashdi.

 

 

6. Somonning tabiiy rangini saqlagan holda yoki unga bo‘yoq berib tasvir yaratish mumkin. Uni piyoz, anor po‘stloqlaridan (suvda qaynatish yo‘li bilan) olingan bo‘yoqda 20 daqiqagacha qaynatib, rang beriladi. Somon qalamchasi ustidan bo‘yash mutlaqo noto‘g‘ri. Bu uning sifatiga ta’sir etadi va ranglar somonning ustki qismidan tezda ko‘chib tushadi.

 

 

7.Tasvir yanada ta’sirli chiqishi uchun uning yuza qismi olov yoki maxsus moslama yordamida kuydiriladi. Ushbu jarayonda, tabiiy somonning rangi o‘zgarib, kompozitsiyada nur va soyalar hosil bo‘ladi. Natijada betakror san’at asari, uch o‘lchamli tasvir yaratiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

1 Izoh

Dildora

12:01 / 01.01.1970

Assalomu aleykum men ham somon san'atida ishlayman. Men hozirgi kunda Termiz Davlat Universiteti talabasiman.Somonda ishlanadigan ishlarning barchasi juda noyob.Ular ko'zni qamashtiradi va insonni o'ziga jalb etadi.Bu san'at turini ochilmagan qirralari bor,albatta buni ochish lozim.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 20.05.2025 0 339
Farzand nega tirnoqqa o‘xshatiladi?

Qatra

12:05 / 19.05.2025 0 324
Hammani yig‘latgan vasiyatnoma

Qatra

15:04 / 17.04.2025 0 325
Marhamat aya sog‘inchi

Bilasizmi?

10:04 / 08.04.2025 0 328
Narxning navosi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 224815
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 107754
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 55217
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 40224
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 39916
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31481
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 30619
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30012
Alpomish

//