Yovvoyi mushuk


Saqlash
15:03 / 11.03.2022 0 3529

 

Yana o‘sha yovvoyi mushuk paydo bo‘ldi. Avvallari odam sharpasini eshitib, junini hurpaytirganicha baqrayib turadigan, keyin qochib qoladigan mushuk negadir oldimizda bemalol yurishga odatlandi. Bu juda qiziq hodisa edi. Mushukning sirini bilishga oshiqdim. Unga bir bo‘lak go‘sht tashladim. U saxiyligimga ishonqiramaganday bir menga, bir go‘shtga qarab qo‘ydi. Keyin  chaqqonlik bilan go‘shtni tishlab olib, uydan chiqib ketdi. Har gal yemish topsa yemay, olib chiqib ketishi ham ajablanarli hol edi. Mushukning izidan chiqdim. U hovli burchagidagi o‘tin turadigan bostirmaga kirib ketdi. Cho‘chitib yubormaslik uchun tirqishdan mo‘raladim: mushuk chalqancha yotib olgan, to‘rt mushukcha esa uni emardi... Mushukning birdan ko‘rinmay qolgani-yu, keyin begonasiramay qo‘ygani sababini endi angladim.

«Bitta bolasini jiyanlarimga olib bersammikin?» degan fikrda eshikni ochib, ichkari kirdim. Mushuk sapchib o‘rnidan turdi. 

Junini hurpaytirdi. Ko‘zlari yondi. Xunuk ovoz chiqardi. Yana bir qadam qo‘ysam menga tashlanishi turgan gap edi. Bunday holatda u o‘zini boqayotgan odamni ham tanishni istamasdi. Chunki yonida o‘z jonidan ham aziz bo‘lgan bolalari bor edi!

Izimga qaytdim. Shu-shu, mushuk meni ko‘rsa bostirma tomon qochadigan bo‘lib qoldi. Mushukning bolalaganini eshitgan jiyanlarim bugun uning bostirmadan nari ketishini poylab turib, oladan kelgan chiroyli bolasini olib chiqishibdi.

Qosh qorayganda mushuk bostirmadan o‘qday otilib chiqdi. Nimanidir axtara boshladi. Keyin eshigimiz tagiga kelib, mendan ham hayiqmay zorlanib, cho‘zib-cho‘zib miyovlay boshladi. Eshikni ochdim. U uyga otilib kirdi. Dam o‘tmay bolasini tishlab olib  chiqdi. Bostirma tomon ketdi.

Mushuk bizga o‘rganib qolgan bo‘lsa ham bolalarini ishonmas edi...

 

Tohir MALIK

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 257
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 782
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 822
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228111
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 109904
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 58354
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 45738
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 42254
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36181
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34235
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31773
Kompetentlik

//