Uyg‘onish


Saqlash
02:03 / 09.03.2022 0 1532

U ishxonasi tomon ohista otlanarkan, boshi uzra jilolanayotgan Quyoshga tashakkur degisi keldi. Axir ana shu oftob o‘zining iliq nurlari bilan uyg‘otadi butun borliqni. Keyin o‘yga cho‘mdi:

«Ayol ham quyoshga o‘xshaydi-ya!» O‘tmishi ko‘z o‘ngida birma-bir jonlandi.

U go‘dak edi.

Bir mehribon ayol uni tongda uyg‘otardi:

–Tur, bolaginam, bog‘changga kech qolyapmiz!

U bola edi.

Bir munis ayol tonglari uni uyg‘otar edi:

–Tur, bolam, maktabingga kechikasan!

U yigit edi.

Bir mushtipar ayol uni ertalablari uyg‘otardi:

–Uyg‘on, o‘g‘lim, o‘qishingga kechikyapsan!

U erkak bo‘ldi.

Sahar uni bir go‘zal ayol uyg‘otdi:

–Turing, dadasi, ishingizga kech qolyapsiz!

«Ha, – dedi u shivirlab, – erkakni uyg‘otgani uchun ham Ayolga tashakkur!»

 

Mansur JUMAYEV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 122
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 488
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 261
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 438
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 857
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232474
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112353
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64706
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54602
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49182
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38964
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37883
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36375
“Avesto”

//