Tansiq


Saqlash
01:03 / 03.03.2022 0 1277

Shahrimizga hali qirdan lola kelmagan edi.

Keksalar to‘qson chiqdi-yu, oppon-soppon hali turibdi. Bitta qor o‘tsin undan keyin hamal kiradi, deyishardi. Ammo Chilonzor tomonda turadigan bir temiryo‘lchi juvon ochiq mashinada bir dasta lola ko‘tarib o‘tdi. Hammaning ko‘zi uning qo‘lidagi lolada. O‘tgan ham, ketgan ham qaraydi. Mashina tez yurganidan shamol lolani shunday hilpiratadiki, oftobda u xuddi lov-lov yonayotganga o‘xshaydi.

Shu payt shamol lolaning bittasini yulqib oldi-da, ko‘cha o‘rtasiga uloqtirdi. Mashinalar katta tezlik bilan biri ketidan 

biri uchib bormoqda. Shofyorlar lolaga yetay deganda rul burib uning yonidan aylanib o‘tib ketishadi. Mana shu ahvolda kun choshgoh bo‘ldi. Lola hali ham ko‘cha o‘rtasida cho‘g‘dek yonib turibdi. Mashinalar hamon uning yonidan aylanib o‘tib ketishyapti. 

Yo‘lovchilar yuraklarini hovuchlab ishqilib mashina bosib, ezg‘ilab ketmasin-da, deb tashvish qilishadi.

Oxiri ko‘chani tartibga solib turgan milisioner chidamadi. Ko‘cha o‘rtasiga tushdi. Mashinalar biri ketidan biri tormoz berib to‘xtashdi.

Postovoy ohista borib lolani oldi-da, furajkasi tagidan chakkasiga qistirib qo‘ydi. Mashinalar g‘iz-g‘iz o‘tib turibdi. Shofyorlar, yo‘lovchilar chorrahaga kelganda mashina derazasidan bosh chiqarib, milisioner chakkasidagi lolaga qarashadi. Ularning  yuzida bir chiroyli tabassum porlaydi.

Shu kuni lola ochilganini butun shahar bildi. Odamlar diliga bu yil bahor vaqtliroq kirgandek bo‘ldi.

 

Said AHMAD

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 416
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 371
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 700
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 419
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 599
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233428
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113007
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66479
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55787
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50152
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39255
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38622
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37731
“Avesto”

//