Yaponiyada o‘zbek raqslarini tanitayotgan Aiko Takeuchi haqida bilasizmi?


Saqlash
17:02 / 25.02.2022 0 2893

 

Raqs san’ati akademiyasi (Art dance academy) xoreografi Aiko Takeuchi o‘zbek, hind, arab va boshqa milliy raqslarni professional darajada o‘rgangan.

 

 

Aiko O‘zbekistonga ilk bor 2011-yili kelgan. O‘zbek milliy raqslariga qiziqib qolgach, bu sehrli olamga hech bir hadiksiz sho‘ng‘idi. Raqqosalarimizning har bir imo-ishorasini sinchkovlik bilan o‘rgandi.

 

 

O‘zbekcha salom berib, o‘ng qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turgan bu ayolni ko‘rganingizda Yaponiyadan kelgan Aiko Takeuchi ekaniga aslo ishongingiz kelmaydi. Uning har bir xatti-harakatida o‘zbek ayollariga xos muomala, nazokatni payqaysiz.

 

 

Aiko Takeuchi Tanovorni haqiqiy farg‘onalik bo‘lib ijro etadi. Lazgiga tushganda chin xorazmlikka aylanadi. Yaqqu-yaqni esa xuddi Surxon qizlari kabi berilib o‘ynaydi. Uning bu muvaffaqiyatlarida mohir raqqosalar Gulmira va Dilorom Madrahimovalarning munosib hissasi bor.

 

 

Yaponiyada o‘tkaziladigan turizm festivallarida, “O‘zbek Navro‘zi Yaponiyada!”, “O‘zbekistonning mustaqillik kuni” kabi bayramlarda chiqish qilganida ko‘pchilik Aikoni hatto o‘zbek deb o‘ylagan. Andijon, Xorazm, Buxoro, Surxondaryo raqslaridan iborat “Popuri”ni ijro etganida maftunkor va yangicha raqsiga hamma qoyil qolgan.

 

 

 

2014-yili Yaponiyada “Buyuk ipak yo‘li” o‘zbek raqs ansamblini tuzdi. So‘ngra “Shirin” bolalar o‘zbek raqs ansambliga asos soldi. Hozir uning shogirdlari ijrosidagi raqslar guldastasi butun bir konsert repertuarini tashkil etadi.

 

 

Aiko Takeuchi haqidagi videorolikni Youtube kanalimizda tomosha qiling.

 

Charos TURSUNOVA

oyina.uz

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 17
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 164
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 76
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 216
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 179
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235958
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114865
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68597
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57749
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52106
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40970
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39849
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39794
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//