Qalbida kamol ko‘rdim


Saqlash
00:02 / 25.02.2022 0 1193

Jamoat transportida borardik, o‘rindiqlarning birinchi qatorida o‘tirgan ayol eshikdan chiqqan katta yoshli erkakka:

– Bu yoqqa keling, joy berishadi, – dedi va orqasiga o‘girilib yigirma yoshlardagi qizga “joy bo‘shat” ma’nosida qaradi.

– Xo‘p, – deya qiz asdoydil qo‘zg‘ala boshladi va... yonboshiga suyab qo‘ygan qo‘ltiqtayog‘ini tikkalaganda atrofdagilar noqulay vaziyatdan taraddudlanib qoldik. Qizning bir oyog‘i nogiron – o‘smay qolgan ekan.

– Men bilmabman, – dedi uni joy bo‘shatishga undagan ayol. – O‘tir, qizim...

Lekin bu paytda qiz o‘rindiqlar orasidagi yo‘lakka tushib, qo‘ltiqtayog‘iga suyanib olgandi.

– Sen o‘tir, boshqa yoshlar bor, – deb mo‘ysafid nari surilmoqchi edi, qiz chin dildan iltifot qildi:

– Yo‘q, siz shu yerga o‘tiring, men yaqinda tushaman.

Otaxon duo bilan o‘ringa joylashdi. Avtobusda yana bir, ikki... besh bekatni bosib o‘tdik. Qiz qaddini tik tutgancha borardi. Manzilimga yaqinlashganda eshik tomon o‘tar ekanman, orqamga o‘girildim: kulimsirab derazadan tashqarini kuzatib borayotgan qizning ko‘zlarida Alloh o‘ziga nasib etgan ne’matlaru qismatga shukronalik, rozilik bilan, imkoniyatlarini yaxshilikka ulashmoq niyatidan nurlanib turgan qalbini ko‘rgandek bo‘ldim.

Muhtarama ULUGʻOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 431
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 388
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 713
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 426
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 609
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233478
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113020
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66537
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55852
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50208
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39280
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38673
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37815
“Avesto”

//