Noshukur


Saqlash
02:02 / 24.02.2022 0 1049

Do‘stim bilan ketayotgandik, ro‘paramizdan tekinga uy-joy olgan ayol chiqib qoldi. Yonida qizi ham bor edi.

– Yaxshimisizlar? – sherigim hol-ahvol so‘radi. – Yangi uyga joylashib oldinglarmi? Maza qilayotgan bo‘lsalaring kerak-a?

–Yaxshi-yu, o‘qish joyimdan uzoq ekan-da, darsga kechikyapman, – dedi qizi aftini burishtirib.

– Darsga kechikayotgan bo‘lsang vaqtli tur, – sherigim koyib berdi. –Ijara haqini to‘lolmagani uchun kvartirasidan chiqarib yubordi, deb onang yig‘lab yurgandi. O‘z uyingga ega bo‘lganingga jon demaysanmi?

–Yo‘q, xafamasmiz, jon deymiz, – endi onasi so‘z boshladi. – Faqat oyog‘imda varikozim bor edi, uy to‘rtinchi qavatda ekan, chiqib tushishga qiynalyapman-da... Shunga...

Sherigim menga qaradi. Men sherigimga. Ikkimizning ham xayolimizdan bitta fikr o‘tdi: “Noshukur”.

 

Lola O‘ROQOVA

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 580
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 818
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231007
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111547
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 63188
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 52539
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 47868
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38418
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36585
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 33413
Kompetentlik

//