Non ushog‘i


Saqlash
16:02 / 22.02.2022 0 1953

 

Biz, to‘rt o‘rtoq vaqt va imkoniyat bo‘lganda yurtimizdagi turli shaharlarga sayohatga otlanamiz. Yo‘llarda ovqatlanishga kirar ekanmiz, oldimizga qo‘yilgan non yetmay qolsa men doim yarimta non so‘rayman. Ortib qolgan non burdalarini esa qo‘limga olvolaman. Bundan sheriklarim xijolat bo‘lishadi. Bir necha marta "qo‘ysangchi shu qilig‘ingni" deb dashnom ham berishdi.

Kunlardan bir kun biz yana sayohatga jo‘nadik. Shu yo‘ldan o‘tsak doim  kiradigan oshxonamizga kirdik. Ovqatlanish paytida non tugab qoldi. Xizmatchiga yarimta non buyurdim. O‘rtoqlarim ola qarashdi.

– Butun qilib beravering, – ulardan birining sabri chidamadi.

Kelgan o‘sha nondan bor yo‘g‘i ikki burdasini yedik. Qolgani qoldi. Turishimizda odatimga ko‘ra ularni oldim. O‘rtoqlarim esa menga ijirg‘anib qarashdi. Tashqariga chiqib qarasam, oshxonaning orqa tarafida bir chiroyli gul ochilib turibdi. Uni tomosha qilish uchun yurdim. Ortimdan o‘rtoqlarim ergashishdi.

Gulni tomosha qila turib  qarasak, qoplarda qotgan non burdalari oyoq ostida to‘kilib, sochilib yotibdi. Bular xo‘randalardan ortib qoladigan non burdalari edi. Men sheriklarimga qaradim, sheriklarim esa menga. Indamay yo‘lga otlandik. O‘shandan keyin biron joyga ovqatlangani kirsak o‘rtoqlarim nonni hisobi bilan aytadigan, oldimizdan ortib qolgan burdalarni esa mendan avval o‘zlari yig‘ishtirib oladigan bo‘lishdi.

Gʻayrat YO‘LDOSH

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

12:07 / 21.07.2026 0 22
Hadaha

Hikmat

09:07 / 15.07.2026 0 169
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

17:07 / 13.07.2026 0 82
Daho qabridagi talonchilik

Hikmat

18:06 / 22.06.2026 0 218
So‘z – yo‘qolmaydi, o‘zingizga qaytadi

Bilasizmi?

15:06 / 19.06.2026 0 182
“Tun”dagi “kun”



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235971
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114870
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68600
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57752
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52113
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40975
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39854
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39797
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//