Jargon


Saqlash
16:02 / 22.02.2022 0 10411

 

Jargon (fr. jargon — safsata) — biror ijtimoiy guruhning o‘ziga xos muloqotida uchraydigan so‘zlar va atamalarni ifodalaydigan tushuncha. Jargon muayyan ijtimoiy muhitda yuzaga keladi, turli sheva hamda lahjalardan farq qiladi. Ko‘p hollarda, jargon inson ma’naviyatidagi salbiy qusurlardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Uni kuchli rivojlangan va aniq terminlarga ega biror kasb tili bilan aralashtirmaslik lozim. Jargon barqaror bo‘lmaydi, u ham til, ham uslubiy jihatdan turli-tuman va tezda o‘zgaruvchan xususiyatga ega. Yoshlar orasida “ketdim” o‘rniga “sirpandim”, “pul” o‘rnida “soqqa”; san’atkorlar orasida “xizmat uchun haq olmaslik” o‘rnida “tom suvoq”, “pul” o‘rnida “yakan” va shu kabi jargonlar uchraydi. Jargon bazida badiiy ijodda asar qahramoni xususiyati, tabiatini ochib berish uchun xizmat qiladi. Jargonlar turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar vakillarining bir-birlari bilan aloqa qilishida yoki turli xalq vakillari yig‘iladigan joylar (masalan, chegara, portlar)da ham paydo bo‘ladi. Jargonlar qaysi ijtimoiy guruh orasida yuzaga kelgan bo‘lsa, deyarli faqat shu guruh vakillari uchun tushunarli bo‘ladi, shu toifadagilarning vaziyat, sharoit taqozosiga ko‘ra boshqalardan yashirin tutiladigan maqsadlariga  xizmat qiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68948
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58515
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40144
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//