Liftni kim ixtiro qilgan?


Saqlash
14:08 / 30.08.2021 0 2426

          Liftni yaratish g‘oyasi hech kimga tegishli emas. U  juda uzoq vaqtlar     davomida rivojlangan. Sababi liftlarning mexanik qonunlari asrlar davomida amalda bo‘lgan.

Qadimgi yunonlar blok va chig‘irlardan foydalanib buyumlarni yuqoriga olib chiqishni bilishgan. Buni tasavvur qilish uchun bugungi kunda ko‘p qavatli uylarda yashovchilar kir ilishda foydalanadigan dorni ko‘z o‘ngingizga keltiring.

Blok – o‘yiq g‘ildirak, ya’ni atrofida arqon harakatlanishi uchun mo‘ljallangan moslama. Harakatlanayotgan arqon liftni yuqoriga chiqarish yoki aksincha pastga tushirishga xizmat qiladi. Liftning qarama-qarshi tomoniga yuqori og‘irlikka ega qandaydir buyum o‘rnatiladi.Buyum pastga tushganda, lift tepaga ko‘tariladi. Agar jism tepaga qarab harakatlansa, demak, lift pastga qarab harakatlani.

XVII asrda “uchar stul” kashf qilingan. U odamlarni binoning yuqori qavatiga olib chiqish uchun loyihalashtirilgan va blok hamda toshlar yordamida boshqarilgan. Stul va uning mexanizmi binoning tashqarisida bo`lgan. “Uchar stul” unchalik ham mashhur bo‘lolmagani uchun ommlashmagan

XIX asrning birinchi yarmi davomida liftlar allaqachon mavjudlikka aylangan edi. Ammo ulardan ko`pincha yuk tashuvchi kema yoki samalyotlarda foydalanilgan.

Odamlarda shunday qo‘rquv  bo`lgan: liftni tutib turgan arqon uzilib ketadi va lift qulaydi. Keyinchalik Elisha Otis bunday voqealardan himoya qiladigan xavfsiz uskuna yaratadi va liftlar ommalasha boshlaydi. Shuningdek, o‘sha vaqtda liftlarni tepaga ko‘tarib pastga tushirish uchun gidravlik kuchi (suyuqlik bosim ostida bo‘ladi) dan ham foydalanila boshlangan.

Bugungi kunda biz foydalanadigan elektron liftlarni nemis injeneri Verner von Siemens takomillashtirgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 332
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 349
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236724
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115305
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68920
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58350
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52480
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41443
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40106
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40106
Alpomish

//