Gegemonizm


Saqlash
16:02 / 22.02.2022 0 2366

 

Gegemonizm (yun, gegemoniya - yetakchilik, boshqarish) - turli sohalarda, jumladan, ma’naviy sohada ham ustunlik va o‘z hukmiga bo‘ysundirishni anglatuvchi tushuncha. Gegemonizm mohiyatan dunyo barqarorligini ta’minlash yoki uni mustahkamlashga qaratilgan siyosatga zid hodisa bo‘lib, ijtimoiy taraqqiyot, jamiyat barqarorligi va xavfsizligini izdan chiqaradi. Ba’zi davlatlarning barcha sohalarda ustunlik qilish va dunyoni o‘z hukmini bo‘ysundirishga intilishi insoniyat tarixining turli bosqichlarida salbiy oqibatlarni keltirib chiqargan. Gegemonizm biron-bir qudratli kuchning manfaatlarini ustuvor darajada, bir tomonlama ta’minlash maqsadini ko‘zlagani sababli u boshqa tomonning manfaatlariga zid bo‘lib, ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishiga putur yetkazadi. Bunday adolatsizlik yetarli imkoniyatga ega bo‘lmagan davlatlar va millatlarning xalqaro jarayonlarda to‘laqonli ishtirok eta olmasligiga sabab bo‘ladi. Natijada, tabiiy ravishda bunday mamlakatlar xalqlarida gegemonlikka intilgan davlatlar va xalqlarga nisbatan nafrat, norozilik kayfiyati paydo bo‘ladi, dunyo hamjamiyatining barqaror rivoji davlatlararo munosabatlarga salbiy ta’sir etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 362
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236748
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68949
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58520
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41525
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40145
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40133
Alpomish

//