Altruizm


Saqlash
16:02 / 22.02.2022 0 3503

 

 

Altruizm (lot, alter - o‘zga) - ma’naviy xokisorlik, fidoiylik va insonparvarlikni ifodalaydigan tushuncha. Uni birinchi bo‘lib XIX-asrda fransuz faylasufi O. Kont muomalaga kiritgan. Lekin bu ma’naviy tamoyil Sharqda jumardlik nomi bilan ancha avval vujudga kelgan. O‘rta asrlarda musulmon Sharqida jo‘mardlik insonparvarlik va vatanparvarlikni targ‘ib etuvchi tasavvuf tariqatlaridan biri sifatida o‘z falsafiy asosiga ega bo‘lgan, Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvat nomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati» asarida bu tushunchaga ta’rif berilgan. Altruizm  kishidagi o‘z qavmdoshiga achinish hissidan, unga baxt va farovonlik tilash tuyg‘usidan kelib chiqadi. Mohiyatan beminnat homiylik, xayriya yoki ko‘makka asoslanadi. O‘z manfaatidan o‘zga manfaatini ustun qo‘yib yashash jumard insonning hayot tarziga aylanadi. Bu  oddiy xayriya yoki yordam emas, balki muhtojlikning har qanday ko‘rinishiga qarshi o‘ziga xos kurashdir. Altruizm  xudbinlikning ziddi sifatida ashaddiy pragmatizm g‘oyasiga qarshi kurashda, ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyatga ega. Pahlavon Mahmud milliy tariximizda altruizmning haqiqiy timsoli deb e’tirof etilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//