So‘nggi hayvon


Saqlash
02:02 / 21.02.2022 0 2241

Dunyodagi barcha hayvonlarni qirib yuborgan odamlar dunyoda qolgan yagona hayvon – yo‘lbarsni izlab yurishgandi. Yo‘lbarsdan ham ko‘p emas, atigi bittagina qolgandi.

– Yo‘lbarsni ham topamiz, – dedi A odam.

– Topganimizda uni kim gumdon qiladi? – so‘radi B odam.

– Albatta, men-da, – dedi A odam.

– Nega endi sen? – baravariga so‘rashdi S va D odamlar.

– Chunki men boshliqman, – dedi A odam.

– Kim seni boshliq qildi? Hammamizning ham dunyoda qolgan oxirgi hayvonni o‘ldirib, tarixga kirgimiz kelyapti. Shuning uchun uni men o‘ldiraman! – dedi S odam.

– Yo‘q, men o‘ldiraman! – dedi B odam.

– Yo‘q, men, – dedi D odam.

Qarabsizki, ular orasida dahanaki jang boshlandi. Bu jang hech qancha vaqt o‘tmay mushtlashishga aylandi. Kim kimga musht tushirayotganini bilmasdi. Buni chetda kuzatib turgan yo‘lbars dunyodagi yagona hayvon o‘zi emasligini tushindi…

 

Mironshoh HASANOV

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 219
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 234
Eng qimmat shirinlik

Bilasizmi?

14:07 / 22.07.2026 0 144
“O‘ktam”ning etimologiyasi

Bilasizmi?

11:07 / 22.07.2026 0 265
Vafo va vafot



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 236314
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115120
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68743
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57901
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52295
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41127
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39961
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39938
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//