Romantizm


Saqlash
17:02 / 18.02.2022 0 5611

 

Romantizm  – badiiy adabiyot va san’atdagi ijodiy yondashuv va uslublardan biri. Romantizm realizm tanqidiy realizmning har biri adabiy taraqqiyot jarayonining ma’lum bosqichida tarixiy zarurat sifatida yuzaga kelgan, biri ikkinchisining tug‘ilishiga zamin hozirlagan. Shuning uchun bu ijodiy uslublarning bir-biridan farqli belgilarini, har biriga xos xususiyatlarni bilib olish muayyan tarixiy davrda yaratilgan asarlarning qanday yo‘nalishda yaratilganini aniqlashga yordam beradi. Yozuvchi o‘z davri uchun xarakterli hodisa va hayotiy voqeliklarni ajratib olib, ularni o‘z asarida umumlashtirib tasvirlar ekan, ularga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi, estetik jihatdan baholaydi. Yozuvchining xuddi ana shu munosabati va bahosida uning tasvirlash prinsipi. ijodiy yondashuvi o‘z ifodasini topadi. Romantizm hayotning o‘zidan ko‘ra ko‘proq turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlash tamoyiliga asoslanadi. Shuning uchun romantizm uslubi asosida yaratilgan asarlarda voqelikka nisbatan ijodkorning erkin yondashuvi yaqqol namoyon bo‘ladi, ya’ni tasvirda hayotiy faktga qaraganda badiiy to‘qima ustunlik qiladi, fantaziya, ramziylik va badiiy mubolag‘aga keng o‘rin beriladi, yuksak timsollarni tasvirlash ustuvor ahamiyat kasb etadi. Romantik asarlarda yozuvchi orzu qilgan narsalarni bo‘rttirib tasvirlaydi, o‘zi yashab turgan hayotdan noroziligini ifoda etadi. Shuning uchun bunday asarlarda yozuvchi yashagan davr, ijtimoiy munosabatlar ifodalanishi bilan birga, asar qahramoni hukmron guruhlarga qarshi qo‘yiladi. Romantik yozuvchilar yaratgan obrazlar hayot haqiqatidan yiroq, undan butunlay ajralib qolmagan bo‘lsa-da, bu timsollar bevosita hayotiy haqiqatning badiiy haqiqatga aylangan obrazi bo‘lmay, balki ular orzu qilgan hayotnint in’ikosidan iborat. Romantizm uslubi asosida yaratilgan asarlardagi obrazlar romantik obrazlar deyiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 354
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 591
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 533
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 871
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 567
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233898
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67647
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56486
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50906
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39416
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39209
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38672
“Avesto”

//