Mashvarat


Saqlash
17:02 / 18.02.2022 0 1868

 

Mashvarat (arab kengash, ko‘rsatma, yo‘l-yo‘riq) – kengashish, maslahat- lashish asosida amalga oshiriladigan ish jarayonini anglatuvchi tushuncha. Mashvarat bilan qilingan ish demokratiyaning asosini tashkil etadi, uni oliy qadriyat darajasiga ko‘taradi. Unga bo‘lgan munosabat har bir fuqaroning ichki madaniyati, ma’naviy-axloqiy qiyofasi, demakki, butun millatning umummadaniy saviyasidan dalolat beradi. Mashvarat asosida jamiyat a’zolarining siyosiy va ijtimoiy faolligi namoyon bo‘ladi. Hozirgi paytda mashvarat so‘zining o‘rniga ko‘proq kengash, maslahat so‘zlari qo‘llanadi. Mashvarat so‘zi qadimda, ayniqsa, buyuk sarkarda Amir Temur zamonida keng iste’molda bo‘lgan. Shuning uchun ham buyuk bobomizning asarlarida mazkur ibora ko‘p bor qo‘llanganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, Sohibqiron harbiy masalalarni doimiy ravishda mashvarat bilan, atrofdagilarga ma’lum qilib, ularning maslahati bilan hal etganini, davlat ishlarining to‘qson to‘qqiz foizini mashvarat bilan, faqatgina bir foizini qilich bilan hal qilganini ta’kidlaydi. Xalqimizning “Kengashli (mashvaratli) to‘y tarqamas" degan dono naqdila mashvarat tushunchasining mazmun-mohiyati, uning millatimiz so‘z boyligi, ma’naviyati bilan uzviy bogliqligi ifodalangan. Darhaqiqat, mashvarat bilan amalga oshirilgan ishning poydevori mustahkam bo‘ladi, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan yoshi ulug‘ donishmand kishilar maslahati bilan amalga oshirilgan har qanday yumush muvaffaqiyat keltirishi shubhasizdir. Shu bois ta’lim-tarbiya jarayonida yoshlarimiz ongiga ana shu noyob iboralarni singdirish, ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy ahamiyatini tushuntirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 185
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 210
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 564
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 336
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 501
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232812
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112608
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65237
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55059
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49445
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39075
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38135
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36700
“Avesto”

//