Konvensionalizm


Saqlash
17:02 / 15.02.2022 0 1852

 

Konvensionalizm (lot conventio - bitim, shartnoma, kelishuv) - XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan falsafiy-ilmiy yo‘nalishlardan biri. Ilmiy sohada faoliyat olib borayotgan olimlarning o‘zaro kelishuvi va hamkorligini tashkil etishga asoslangan konseptual yondashuvlarni ishlab chiqqani bilan boshqa falsafiy oqimlardan ajralib turadi. Bu yo‘nalishning asoschisi A. Puankare hisoblansa-da, uning asosiy tamoyillarini faylasuf olimlar R.Karnap va K.Aydukepich ishlab chiqqan, Konvensionalizmning ayrim g‘oyalari neopozitivizm, operatsionalizm, pragmatizm kabi oqimlarda o‘z aksini topgan. konvensionalizmning asosiy maqsadi – ilmiy nazariya va tushunchalar obektiv dunyoning aksi emas, balki olimlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv mahsuli, degan fikrni asoslashga qaratilgan edi. Konvensionalizm g‘oyalarining faol targ‘ibotchisi E. Lerua “Fan va falsafa”, “Pozitiv fan va falsafiy to‘plam”, “Yangi pozitivizm”, “Aqida va tanqid” kabi asarlarida bu yo‘nalishning nazariy asoslari va kategoriyalarini aniqlashtirishga harakat qilgan. O‘z navbatida Puankare ham “Fan va gipotezalar”, “Fanlar bahosi” asarlarida konvensionalizmning asosiy tushuncha va tamoyillarini ilmiy jihatdan tahlil qilishga uringan. Olimning fikricha, narsalarning tabiatini bilib bo‘lmaydi, Umuman olganda, konvensionalizm. ilmiy-falsafiy yo‘nalish ilmiy tamoyillar tizimi sifatida XX-asrning ikkinchi yarmida G‘arb falsafasi, shuningdek, mantiq va fan metodologiyasidan keng o‘rin oldi. Jumladan, ilmiy-falsafiy metodologiya yunalishida tadqiqot olib borgan K.Popper, I.Lakotss, P.Feyerabend kabi olimlarning asarlarida konvensionalistik qarashlar o‘z ifodasini topgan. Konvensionalizm ma’no-mazmuniga ko‘ra, chuqur va hikmatga boy fan falsafasi sifatida ham e’tirof etiladi. Konvensionalizmda ilmiy bilish dinamikasi chuqur tahlil qilinib, ilmiy faoliyatda taraqqiyotga nisbatan aniq mo‘ljal, maqsadlar bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlanadi. Masalan, konvensionalizm  yo‘nalishining vakili Dingler shunday xulosaga kelgan.  

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41524
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//