Oriyat


Saqlash
16:02 / 10.02.2022 0 3220

Oriyat — inson ma’naviy qiyofasiga xos izzat-nafs. qadr tuyg‘ularini ifodalovchi tushuncha. Oriyat insoniy xususiyat bo‘lib, oriyatli inson o‘zi va oilasi, millati va Vatanining izzat-nafsini. qadrini yuksak tutadi. U o‘zini ham, o‘zgalarni ham qadrlay biladi. Oriyat insonning xatti-harakati, o‘zini tutishi  muomalasida ifodalanadi. Inson oriyati oilasi va bugun millatning oriyatini ifoda etadi. O‘zgalar qadr-qimmati, sha’nini o‘z qadr-qimmati, sha’ni darajasida ko‘radigan oriyatli inson yuqori obro‘ga ega bo‘ladi. U hamisha adolat uchun kurashadi, bunda uning eng asosiy ko‘makchisi pok vijdonidir. Oriyat shaxsni — shaxs, millatni — millat, davlatni davlat sifatida saqlab qolishga xizmat qiladi. Oriyat insonni noto‘g‘ri, nojo‘ya xatti-harakatlardan asraydi. Chunki bunga uning vijdoni, oriyati yo‘l qo‘ymaydi. Oriyatli inson muvaffaqiyatsizlikka uchrasa ham hech qachon tushkunlikka tushmaydi, maqsadiga erishish uchun barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tishga intiladi. Chunki unda oriyat vijdon ustun turadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 338
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 361
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236747
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115317
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68946
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58513
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52507
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41523
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40142
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40132
Alpomish

//