Agressiv xulq


Saqlash
16:02 / 10.02.2022 0 16787

Agressiv xulq - shaxsning ma’naviy buzuqlikka asoslangan, boshqarishning ichki dunyosiga ochiqdan-ochiq salbiy ta’sir o‘tkazib, tajovuz qilib, uni izdan chiqarishga qaratilgan g‘ayriinsoniy xususiyat. Agressiv xulqning shakllanishi, kuchayishi va namoyon bo‘lishi ko‘pincha ijtimoiy muhit bilan bog‘liq holda yuz beradi. Shaxsning o‘ziga qaratilgan tajovuzkorlik “autoagressiya” (bunday holat shaxsdagi patologik o‘zgarishlarning ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi) deb ataladi. O‘z joniga qasd qilish, o‘ziga tan jarohati yetkazish autoagressiyaning ko‘rinishlaridir. Jaholatga botgan, johillik va zo‘ravonlikni maqsadga erishishning asosiy va ustuvor vositasi deb biladigan shaxslarda Agressiv xulq kuchli bo‘ladi. Agressiv xulq nafaqat alohida shaxslar, balki butun-butun davlatlarga ham xos bo‘lishi mumkin. Binobarin agressor — agressiyani sodir etgan kuch yakka shaxs yoki shaxslar guruhi, siyosiy-mafkuraviy markazlar, davlat yoki bir necha davlatlar bo‘lishi mumkin. XX asrning 30-yillarida fashistlar hukmronlik qilgan Germaniya ana shunday tajovuzkorlik xususiyatlari bilan insoniyatga katta talofatlar keltirdi. Bugungi kunda esa dunyodagi terroristik va ekstremistik markazlar agressiya harakatlari bilan odamzod boshiga yangi-yangi fojialar keltirmoqda. G‘arbdagi ayrim mafkuraviy markazlar esa jahondagi yosh rivojlanish yo‘liga kirgan mamlakatlarga informatsion usullarda tazyiq o‘tkazish orqali o‘zining agressiv xulqini namoyon etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 160
Kuni irimga qolgan ilm

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 356
G‘ururdan baland mehr



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236809
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115350
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 69038
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58672
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52555
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41654
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40211
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40182
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//