Naqqoshlik sanʼati haqida 10 fakt


Saqlash
22:02 / 04.02.2022 0 11033

Naqqoshlik asarlaridagi chizgilar o‘yini musiqadagi ohanglar kabi tomoshabinni o‘ziga sehrlaydi. Bu sanʼat turida xalq hunarmandchiligining boshqa yo‘nalishlaridan  farqli ravishda avlodlar uzviyligini, anʼanalar bardavomligini ko‘ramiz. Naqqoshlar o‘tmishda ustalarning eng bilimdon, isteʼdodli qismini tashkil etgan bo‘lib, katta mudarris-ustodlardan taʼlim olishgan, turli fanlar (adabiyot, musiqa, tarix, kimyo, matematika)ni chuqur o‘zlashtirishgan.

 

 

1. O‘zbekiston hududidagi meʼmoriy yodgorliklar, arxeologik qazishmalar naqqoshlikning ushbu zaminda bir necha ming yillardan buyon rivojlanib kelganidan guvohlik beradi. Xususan, Qo‘yqirilgan qalʼa, Tuproqqalʼa, Ayritom, Bolaliktepa, Varaxsha, Afrosiyob va boshqa manzillardan topilgan naqshin buyumlar betakrorligi va jozibadorligiga ko‘ra ajdodlarimizning yuksak didi va madaniyatidan dalolat beradi.

 

2. Naqshlar ikki xil uslubda – naqqoshlar tayyorlagan andoza yordamida yoki usta tasavvurining to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsuli sifatida chiziladi. Bu yuksak did va mahoratdan tashqari qunt, mashaqqatli mehnat va malakani talab qiladi.

 

3. Naqqoshlar biror joyga bezak berish oldidan qog‘oz yoki matoga naqsh mujassamotini andaza sifatida chizib oladi. Asosan girih va islimiy naqshlardan foydalaniladi.

 

 

4. Interyerning shift qismiga bezak berilsa, eni va uzunligi, balandligi aniq hisob-kitob qilingan holda shunga moslab qattiq qog‘ozga kompozitsiya, yaʼni eskiz chiziladi. Bo‘yoqlar shiftga yaxshi singishi, uzoq yillar ohori va jilosini yo‘qotmasligi uchun shift avval silliqlab olinadi.

 

5. Qattiq qog‘ozga chizilgan eskizlar shiftning to‘rtdan bir qismiga moslab maxsus xitoy qog‘oziga ko‘chiriladi va chizilgan naqshlar ustidan igna yordamida birma-bir nuqta teshib chiqiladi.

 

6. Xitoy qog‘ozini shiftga mahkam yopishtirib, ushlab turiladi va matoga o‘ralgan ko‘mir kukuni uning ustidan ishqalab chiqiladi (yog‘ochning chala yoqilib quritilgan kulini ham qo‘llash mumkin).

 

 

7. Shundan so‘ng kompozitsiyaga rang berish boshlanadi. Avvalo, shiftning koloriti, yaʼni tag qismi (zamindozi) bo‘yab olinadi. Keyin esa naqshlar ustidan bo‘yoq beriladi.

 

8. Rang berish chog‘i naqshu nigorlar go‘zal, tekis chiqishida mo‘yqalamning o‘rni beqiyos. Olmaxon tukidan yasalgani yillar davomida xizmat qilishi mumkin.

 

9. Naqqoshlik sanʼatida ruta (xoshiya naqsh), munabbat (to‘rt tomonga takrorlanadigan naqsh taqsimi), turunj (hech qanday naqshga ulanmay muallaq turadigan kompozitsiya), namoyon (bir-biriga bog‘lab chizilmaydigan naqsh turi) kabi usullardan keng foydalaniladi.

 

 

10. Naqqoshlik maktablarining o‘ziga xos ornament va rang koloritlari mavjud. Farg‘ona, Qo‘qon, Toshkentda diametrik va o‘simliksimon naqshlar birgalikda qo‘llanilib, asosan och havorang, yashil va boshqa och ranglar ishlatilgan. Buxoro va Xorazmda esa ko‘proq jigarrang va to‘q ranglardan foydalanilgan. Shuningdek, o‘simliksimon naqshlari nisbatan yirikroq qilib chiziladi.

 

 

 

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 351
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 314
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 652
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 380
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 568
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233193
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112885
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65858
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55524
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49875
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39189
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38403
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 37342
“Avesto”

//