Xavotir


Saqlash
02:02 / 03.02.2022 0 1215

Uning pechi yoqilgan issiq xizmat mashinasi svetaforda to‘xtadi.  Xayolchan mashina oynasidan tashqariga qararkan,  sovuqda xazonlarni to‘playotgan obodonlik tashkiloti xodimasining ko‘karib ketgan barmoqlariga ko‘zi tushib, qalqib ketdi.

 

Uning qalqishiga hamohang mashina ham joyidan qo‘zg‘aldi. Ishxonaga kirarkan, yo‘lakda oynalarni artayotgan farrosh ayolni ko‘rdi. Muzdek suv to‘la chelakka rangi uniqqan lattani xo‘llab olayotgan ayolning qo‘llari haligi xodimaniki bilan bir xil tusda edi.

 

U tez-tez yurib xonasiga yetib keldi. Kompyuter oldida klaviaturalarni qitirlatgancha muk tushib ishlayotgan hamkasblarini ko‘rmaganga olib tezda stoliga o‘tirdi.

 

Qo‘llariga qaradi,  oppoq, ajin tushgan bo‘lsa-da mayingina. Ko‘ngli joyiga tushdi shekilli,  mamnun jilmayib qo‘ydi, so‘ng kompyuterni yoqdi va sevimli serialini kechagi joyidan davom ettirib tomosha qila boshladi.

 

 Farzona FAYZ

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

11:06 / 12.06.2026 0 129
Ignani qayerdan izlaysiz?

Hikmat

10:06 / 12.06.2026 0 188
O‘g‘lim, men oxirgi vagondaman...

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 360
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 235311
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 114530
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68400
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57495
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51864
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 40615
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39723
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39635
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//