Uyalish


Saqlash
01:02 / 01.02.2022 0 1223

Munisa kursdosh dugonalari bilan naqd uch soat bozor aylangach, tili osilib qoldi.

 

– Qizlar, balki uyga qaytarmiz-a? – dedi u majolsiz nigohini dugonalariga qadab. – O‘lgudek charchadim.

– Gapirma, qorin ham piyozning po‘sti bo‘lib ketdi! – dedi to‘lachadan kelgan kursdoshi Nigora va uzoqda tog‘ora ko‘tarib, “xonimlar bor, issiqqina xonim!” deb turgan ayol tarafga ishora qildi.  – Voy, ana xonim bor ekan. Yuringlar,  xonim yeylik.

Munisa o‘sha tarafga o‘girildi va ko‘zlari olayib ketdi:

– E, yo‘q! Men bu ayolning xonimini yeganman, rosa mazamni qochirgan. Qizlar, qo‘ysanglarchi xonim-ponimni, undan ko‘ra, ketdik, o‘tirib lavash yeymiz.

Ular qornini to‘ydirib bo‘lgach, uy-uyiga tarqalishdi. Munisa qilgan xarididan xursand bo‘lsa-da, ko‘ngli g‘ash bo‘laverdi.

Uyga kelsa, hech kim yo‘q, demak onasi hali ham xonimlarini sotib bo‘lmagan...

 

Nargiza SHUHRAT

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 655
Ko‘rpacha

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 899
Qahramon



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 231319
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 111728
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 63671
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 53157
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 48356
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 38585
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 36921
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 34162
“Avesto”

//