Madaniyat


Saqlash
17:01 / 31.01.2022 0 2438

 

Madaniyat – inson faoliyati va shu faoliyatning ahamiyatini belgilovchi ramziy qurilmalar va asarlar majmuidir. Madaniyat musiqa, adabiyot, badiiy tasvir, meʼmorchilik, teatr, kinematografiya, turmush tarzi kabi faoliyatlarda namoyon boʻlishi mumkin. Antropologiyada “madaniyat” atamasi ostida mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish, estetik maʼno berish hamda shu jarayonlarga bogʻlangan ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Bu maʼnoda madaniyat oʻz ichiga sanʼat, fan va maʼnaviy tizimlarni oladi. Madaniyat –jamiyat, inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi. Kishilar hayoti va faoliyatining turli koʻrinishlarida, shuningdek, ular yaratadigan moddiy va maʼnaviy boyliklarda ifodalanadi. Madaniyat tushunchasi muayyan tarixiy davr (antik madaniyat), konkret jamiyat, elat va millat, shuningdek, inson faoliyati yoki turmushining oʻziga xos sohalarini izohlash uchun qoʻllaniladi. Tor maʼnoda madaniyat atamasi kishilarning faqat maʼnaviy hayoti sohasiga nisbatan ishlatiladi. Madaniyat arabcha madina (shahar) soʻzidan kelib chiqqan. Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini badaviy yoki sahroiy turmush; ikkinchisini madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik – koʻchmanchi holda dasht-u sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik – shaharda oʻtroq holda yashab, oʻziga xos turmush tarziga ega boʻlgan xalqlarga nisbatan ishlatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 19
Kuni irimga qolgan ilm

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 346
G‘ururdan baland mehr



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236776
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115328
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68975
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58589
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52530
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41571
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40164
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40163
Alpomish

//